TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🔹Bugun  Yakkasaroy tumanidagi “Boshliq” mahallasidagi  Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida Sektor rahbarlari
va yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB boshligʻi Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Abdumuxtor Malikov, yoshlar yetakchilar hamda ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga, sektor rahbarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tuman sektor rahbarlariga yoshlarning toʻlov shartnomalarini toʻlab berish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun subsidiya olish, ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaatlar boʻldi.

Muddat talab etiluvchi murojaatlarni oʻrganib, hal etish yuzasidan tuman hokimi soha mutasaddilariga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Manba: ✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati...

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan uchrashuvlar o'z samarasini bermoqda

Xususan, joriy yilning 15-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Uchtepa tumanining Qoryog'di, O'tkir, Shirin hamda Shaftolizor mahallalaridagi 10 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda yoshlarning bugungi kundagi muammolarini o'rgangan holda o'zlarining takliflari bo'yicha yechim topish maqsadida mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlardan, asosan, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasbga o'qitish va fan to'garaklar kabi takliflar kelib tushganligi inobatga olinib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram