TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Olmazor

🔷Davlat budjetiga soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 22-iyul kuni Olmazor tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda budjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish, soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarish, yashirin iqtisodni oldini olish hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik va bunday salbiy illatlarga keskin kurashgan holda o'z xizmat vazifasini ado etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

Yanvar-iyun oylarida EHF orqali tovar aylanmasi 892 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yil 1-iyul holatiga elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha jami tovar aylanmasi 892 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchi – TOP-3:

📍YSTBHSI - 567 trln so‘m;
📍Toshkent sh. - 144,7 trln so‘m;
📍Toshkent v. - 38,4 trln so‘m.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

В январе-июне товарооборот по ЭСФ составил 892 трлн сумов

По состоянию на 1 июля 2024 года товарооборот по ЭСФ, оформленным с помощью операторов системы электронного документооборота, составил 892 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 567 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 144,7 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 38,4 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi

🔹Toshkent Soliq texnikumi

Uchtepa tumani hududida joylashgan Toshkent Soliq texnikumini 135 nafar bitiruvchisiga texnikum diplomlari topshirildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hayat

Shaxsiy masʼuliyat va tadbirkorlar ishonchi muhim omil


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha I yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini tashkil etish maqsadida Soliq qoʻmitasi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, barcha tuman, shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Hayʼat yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy soliq idoralari rahbarlarining mahalliy Kengashlarga murojaatnomasini tashkil etish, davlat budjetiga belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni soʻzsiz taʼminlash borasida har bir boshqarma boshligʻining taqdimotlari muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ortiqcha toʻlovga yoʻl qoʻymaslik, mehnat, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻrilishi toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish ahvoli tanqidiy muhokama qilindi hamda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.

Respublikadan yordam olayotgan eng ogʻir - Boʻzatov, Boʻston, Qorakoʻl, Konimex, Yangiobod, Mingbuloq, Payariq, Sariosiyo, Sardoba, Pskent, Soʻx va Yangibozor tumanlari tushumlarini 2 karraga oshirish boʻyicha qoʻmita va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining shaxsan masʼuliyati belgilandi. Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlashda yondoshuv va ish uslubini tubdan oʻzgartirish taʼkidlandi.

Yigʻilishda, tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa etib belgilandi.

Prokuratura va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, ish oʻrinlari va ish haqi fondini legallashtirish boʻyicha har bir masʼul va rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yigʻilish amaliy seminar tarzida davom ettirilib, hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyasi rahbarlari maxsus oʻquv dasturlari asosida:

▫️qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish;

▫️“mahallabay”, “korxonabay” ishlash institutlari samaradorligini oshirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy koʻmak berish, har bir xodim faoliyati ular tomonidan baholanishi sababli o‘zaro ishonch va xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarish;

▫️soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va sud jarayonlarida budjet manfaatlarini himoya qilish;

▫️ish oʻrinlari va roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotgan fuqarolar faoliyatini legallashirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda manfaatdor idorlar bilan hamkorlik;

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mavzularida oʻquv-amaliy semenarlari oʻtkazildi.

Shuningdek, dolzarb vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Obodonlashtirish

“Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla”

🔷Erta togdan Toshkent shahar va Mirzo Ulugʻbek tumani 4-sektor rahbarlari, Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi va tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari “Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla” mezonlari ijrosi boʻyicha bir qator mahallalar hududini oʻrganmoqda.

“Katta Yalangʻoch ota”, “Shalola”, va “Feruza” mahallalarida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, noqonuniy qurulmalarni bartaraf etish, tabiiy omillar ta’sirida qurib qolgan daraxt va shoxlar, bolalar maydonchalari va boshqa bir qator masalalar koʻrib chiqilmoqda.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram