TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#sayyor_qabul #uchtepa

🔷Inson qadri ulug'dir!

2024 yilning 26-iyun kuni Uchtepa tumani hokimi va Soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligida 4-sektor hududidagi "Vatan" mahallasida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etilib murojaatlar tinglandi.

Qabul jarayonida 1 nafar fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilgan bo'lsa yana 1 nafarini sog'ligini tiklashi uchun tibbiyot birlashmasiga bepul order taqdim etildi va 4 nafar fuqaroni kommunal masalalardagi murojaatlari joyida hal etilib, qolgan 4 tasiga huquqiy tushunchalar berilib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Budjet tashkilotlariga foizlar uchun to'lov amalga oshirilganda to'lov manbaida soliq solinadimi

JAVOB:


Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bolgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablag'larni depozitga joylashtirishidan to'lanadigan foizlarga to'lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi bo'yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#27_iyun
#tabrik

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni kasb bayramingiz munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida olib borilayotgan islohotlar va xalqimiz turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan erishilayotgan samarali natijalarda ommaviy axborot vositalari xodimlarining xizmati alohida tahsinga loyiq.

Shu o'rinda, soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va sohaga kiritilayotgan yangiliklarni birinchilardan bo'lib soliq to'lovchilar va butun xalqimizga yetkazishda faol ishtirok etib, faoliyatimizga hamyurtlarimiz tomonidan xolis baho berilishida o'z hissangizni qo'shayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman!

Sizlarga oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i
Yunusjon Nasimdjanov
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari

203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar

🔹Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.

Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb e’tirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Sergeli

🔷Korrupsiya bu illat

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 26-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Sergeli tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Sergeli tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan tovar-moddiy zaxiralari qoldiqlari bo'yicha hisobga olinishi lozim bo'lgan QQS summasi qanday aniqlanadi?

JAVOB:


Tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bo'yicha hisobga olinadigan soliq summasi, soliq to'lovchi QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tgan sanada mavjud bo'lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldig'ining so'nggi o'n ikki oy davomida sotib olingan qismi bo'yicha tovarlarning xizmatlarning haqiqiy qiymati asosida aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#27_iyun #tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan o‘zim va jamoamiz nomidan tabriklayman.

Soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga ijodiy parvozlar tilayman, doimo qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz keskir bo‘lsin. Sihat-salomatlik, baxt-saodat doimo yor bo‘lsin.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi