TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.3K photos
1.32K videos
73 files
5K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
Video
#Olmazor #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Poytaxtimizdagi "Olmazor kichik sanoat zonasi" faoliyati bilan tanishildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Men odobni odobsizdan o‘rgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim.

Luqmoni Hakim

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

19-iyun - may oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

19 июня - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за май

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 19-iyun – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil may oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni.

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 467-modda

Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.
👉 Murojaat yo‘llash bo'yicha qo'llanma
______
#налог_с_оборота

Осуществляющие электронную торговлю предприниматели уплачивают налог по ставке 2%

Для тех налогоплательщиков, которые осуществляют электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%.
👉ст.467 НК

При этом доходы от осуществления такой деятельности по итогам текущего отчетного (налогового) периода, должны составлять не менее 90% совокупного дохода.

Чтобы воспользоваться сниженной ставкой, нужно подать обращение по использованию налоговой льготы через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте my3.soliq.uz, прикрепив копию подписанного руководителем документа, подтверждающего, что более 90% совокупного дохода приходится на электронную коммерцию.
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

🔷Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

25-bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim

197-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari

🔹Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflaridir.
Oldingi tahrirga qarang.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yashnobod

🔷Korrupsiyasiz jamiyat quramiz

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 13-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yashnobod tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#avtokameral #barqarorlik_reytingi

"Avtokameral" tizimida 506 ta mezon faol holatda boʻlib, soliq toʻlovchilar tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylarida taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlardagi koʻrsatkichlar qayta hisoblanmoqda.

Bunda tadbirkorlar barqarorlik reytingidagi ballar pasaymasligi uchun mantiqiy shartlari, formulalari va algoritmlari oʻzgarayotgan mezonlar vaqtinchalik nofaol holatga oʻtkaziladi.

Oʻzgarayotgan mezonlar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtkazilgandan soʻng qayta faollashtiriladi.

Soliq toʻlovchilar my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali "Avtokameral" formulalarini real vaqt rejimida kuzatib borishi borishi mumkin.
__________
#автокамерал #рейтинг_устойчивости

В системе «Автокамерал», в которой активно 506 критериев, пересчитываются показатели налоговой и финансовой отчетности, представленной налогоплательщиками за январь-апрель текущего года.

При этом, чтобы предприниматели не потеряли баллы в рейтинге устойчивости, критерии, в которых меняются логические условия, формулы и алгоритмы, временно деактивируются.

Меняющиеся критерии будут активированы после успешного тестирования.

Налогоплательщики могут следить за формулами «Автокамерал» в режиме реального времени через персональный кабинет на портале my3.sоliq.uz.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ -104 son qaroriga asosan ijtimoiy soliqni qaysi hududlarda faoliyat yuritayotgan soliq to'lovchilar 1 foiz to'laydi

JAVOB:


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qarorining 2-bandi a-kichik bandiga asosan 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona joylashtirish xizmatlari, avtotransportda yolovchi va yuk tashish, transport vositalarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani tamirlash, agro va veterinariya xizmatlarini korsatuvchi hamda kongilochar maskanlarda xizmatlar korsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilangan. Yuqoridagi qaror bilan ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilan faoliyat turlari boyicha hududlar belgilanmagan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#avtokameral #barqarorlik_reytingi

Oʻzgartirish kiritilayotgan “Avtokameral” tizimining mezonlari tadbirkorlar reytingiga taʼsir qilmaydi
__________
#автокамерал #рейтинг_устойчивости

Критерии системы "Автокамерал", в которые вносятся изменения, не влияют на рейтинг предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hamkasbimiz farzandi yana shohsupada

Nodirbek Yoqubboyev O’zbekistonda ilk bor o'tkazilgan "Uzchess Cup 2024” xalqaro superturniri chempioni bo‘ldi.

Soliq xizmati organlari jamoasi ushbu g‘alaba bilan butun O‘zbekiston ahlini qolaversa, Nodirbek Yoqubboyevni tarbiyalab voyaga yetkazgan Hazorasp tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori Murodbek Iskandarov va uning oila a'zolarini tabriklaydi!

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Yoqubboyev Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltin medal sohibi bo‘lgan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads