TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

Abu Ali Ibn Sino

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #korrupsiya

🔷 Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, 12-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirzo Ulug'bek tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

25-bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim

196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar

🔹Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb yuritiladi) tuzish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.

Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan, o‘zining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi bitim narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb hisoblanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

🔸O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 273 moddasiga ko'ra Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 15-18-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 19-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 15-18 июня - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 19 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#savol_javob

SAVOL:

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to'xtatsa yoki tugatsa uning yollanma ishchilari o'z faoliyatini davom ettirsa bo'ladimi?


JAVOB:


Yakka tartibdagi tadbirkor o'zini faoliyatini vaqtincha butunlay to'xtatgan vaqtda har bir yollangan xodim uchun berilgan hisobga olish kartochkalarini soliq organlariga topshirishi shart. Agar faoliyatini to'xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo'yicha soliqni hisoblash to'xtatilmaydi SK 392 va 408-moddalari.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram