TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq imtiyozi bekor qilinganda QQS summasini hisobga olish boʻyicha videoqoʻllanma

QQS imtiyozi bekor qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi soliq organida QQS toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtgan sanada oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy qoldiqlarning soʻnggi 12 oy ichida kirim qilinganlari boʻyicha va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.

👉 Batafsil
__________
#НДС

Видеоинструкция по зачету НДС при отмене льгот

В случае отмены льготы по НДС, налогоплательщик имеет право на зачет суммы НДС по остаткам товарно-материальных запасов, приобретенных в течение последних 12 месяцев на дату постановки на регистрационный учет, и по долгосрочным активам исходя из балансовой (остаточной) стоимости указанных объектов.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mirzo_Ulugbek #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan uchrashuvlar samarali bo‘lmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 12-aprel kuni o‘tkazilgan vedio selektorda yoshlar bilan ishlash tizmini takomillashtirish va hayotda o‘z o‘rinini topa olmayotgan yoshlar bilan ishlash va ularni otaliqqa olish bo‘yicha har bir rahbar mas’ullarga topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlarni ijrosi to‘la ta’minlanmoqda. Xususan, Soliq organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 24 nafar og‘ir toifadagi yoshlar bilan joriy yilning 15-may kuni Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan mas’ullar tomonidan ochiq muloqat tarzda ushrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari va takliflari mas’ullar tomonidan eshitildi, o‘rganildi va nazoratga olindi.

Aksariyat muammolar joyida bartaraf etilib, muddat talab qilinadigani tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Soliq organlarining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #sayyor_qabul

🔷Aholi muammolari tizimli hal etilmoqda

Uchtepa tumanidagi "Seul Eko" bog‘ida Toshkent shahar sektor rahbarlari ishtirokida aholi va yoshlar bilan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanidan 90 nafarga yaqin fuqarolar yoshlar ishtirok etishib, o‘z muammolariga yechim topa oldilar.

Uchrashuv davomida Toshkent shahar 4-sektorga tegishli bo‘lgan 21 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ulardan 14 nafar fuqaroni muammosi joyida hal etilib, 2 nafar fuqaroga esa huquqiy tushunchalar berildi.

Qolgan vaqt talab qilinadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram