TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.3K photos
1.32K videos
73 files
5.01K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga mart oyida 58 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yil aprel oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga 59 903 ta murojaat yo‘llangan.

Soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 41 435 tа;
🔹yuridik shaxslar – 16 835 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 550 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 83 tа.

📍Hududlar kesimida:
📈eng ko‘p Toshkent shahri – 23 671 ta;
📉eng kam Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi – 5 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pillachilikni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralari


Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-72-son, 03.05.2024-y.

Hujjatda 2026-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan:

🔹 uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
🔹 kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
🔹 ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.

Shu bilan birga, ushbu soha uchun amalda quyidagi soliq imtiyozlari ham mavjud. Jumladan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻini 0 foiz stavkada qoʻllaydi.
👉 Soliq kodeksi 337-modda
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur yer uchastkalariga ega boʻlsa.
👉 Soliq kodeksi 57-modda

Shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda
__________
#новое_в_законодательстве

Дополнительные меры поддержки сферы шелководства

Принят Указ Президента "О дополнительных мерах по ускорению внедрения рыночных механизмов в сфере выращивания шелкопряда и шелководства".
👉№ УП-72 от 03.05.2024 г.

Документ предусматривает подготовку проекта закона по предоставлению на срок до 1 января 2026 года следующих налоговых льгот:
🔹освобождение от налога на доходы физических лиц, занимающихся выращиванием живых коконов шелкопряда в домашних условиях (надомников);
🔹освобождение от соцналога средств, направляемых на оплату труда надомников, а также высвобожденных средств с условием их направления на материальное стимулирование;
🔹уплату земельного налога за земельные участки, занятые тутовыми плантациями, используемыми в качестве кормовой базы в сфере шелководства с применением коэффициента 0,1 к установленным Кенгашами народных депутатов районов (городов) налоговым ставкам.

Вместе с тем в этой сфере имеются следующие действующие налоговые льготы. Так, к сельскохозяйственным товаропроизводителям применяется нулевая ставка налога на прибыль - в части прибыли, полученной от реализации сельскохозяйственной продукции собственного производства.
👉ст.337 НК
При этом сельскохозяйственными товаропроизводителями признаются юрлица, которые:
▫️производят сельхозпродукцию и осуществляют ее первичную переработку, при условии, что в совокупном доходе такого юрлица доля дохода от реализации произведенной ими сельхозпродукции составляет за налоговый период не менее 80%;
▫️имеют земельные участки, когда такие земельные участки являются необходимыми для производства сельхозпродукции.
👉ст.57 НК

Также имущество, используемое для выращивания тутового шелкопряда и находящееся на балансе сельскохозяйственных предприятий, не облагается налогом на имущество юридических лиц.
👉ст.414 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Ipakchilikni rivojlantirishga oid farmonga koʻra, pillaning xarid narxi 25 foizga oshirildi. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer soligʻining 10 foizi toʻlanadigan boʻldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

Davlat soliq xizmati organlarida kasbini ulug‘lagan ustozlar hamisha e’zozda

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soliq xizmati organlarida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan soha faxriylari va bemor hamkasblar holidan xabar olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #agregator #komissioner

🚕 Siz TAXI qilasizmi Yandex, MY TAXI yoki boshqa agregatorlar orqali ishlaysizmi
Unda bu maʼlumot siz uchun❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Obro‘ – mehnat qo‘lida.

Leonardo da Vinchi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

15-may - aprel oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 мая - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за апрель

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#stol_tennisi #elon

Hurmatli yurtdoshlar, aziz sport ixlosmandlari!

Joriy yilning 17–19-may kunlari sportning 🏓Stol tennisi turi boʻyicha Parij-2024 XXXII Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi Markaziy Osiyo mintaqaviy saralash musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlaridan 18 nafar sportchilar Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma uchun bahs olib boradi.

Saralash musobaqalariga 2024-yil 17-may kuni soat 9:00 da poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida start beriladi. Ushbu musobaqada yurtimiz sportchilarini qoʻllab quvvatlash uchun barchani taklif etamiz.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞77-104-30-30

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#agregator
#onlayn_NKT

Onlayn-taksi agregatorlari cheki shaxsiy kabinetda aks ettiriladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanyapti.

Onlayn-taksi agregatorlari shakllantirilgan cheklarni my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

Buning uchun "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikalari to‘g‘risida ma'lumot" sahifasiga o'tish va "Chek ma'lumotlari" bo'limida "Taksi agregatori cheklari" menyusini tanlash kerak.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 25 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.

👉ст.470 прим.1 НК

Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY

Yirik soliq to‘lovchilar aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirishi mumkin


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.

👉 Hammasi elektron tovar-transport yuk xati haqida
👉 Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-trening
👉
Didox tomonidan o‘tkazilgan seminar
👉 Elektron TTY tizimidan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma
👉 Faktura.uz saytida elektron TTY yaratish bo‘yicha videoqo'llanma
__________
#ТТН

Крупные налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель до 1 июня

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется.

Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель до 1 июня текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

👉 Все об электронных товарно-транспортных накладных
👉 Онлайн семинар-тренинг по электронным ТТН
👉
Семинар, проведенный Didox
👉 Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН
👉
Видеоинструкция по созданию электронной ТТН на сайте faktura.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “MALIKA” SOLIQCHILAR NAZORATIDAN CHETDAMI YOKI NAZARIDAN?! sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

"PREMIUM PRIME SERVICE" MChJga qarashli “Malika” savdo kompleksida 2024-yil 1-may holatiga ko'ra Davlat xizmatlari markazidan rasmiy ro'yxatdan o'tgan holda 194 nafar Tabdirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularning 120 tasini yuridik shaxslar va 74 tasini yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil qiladi.
Savdo kompleksida 220 ta onlayn nazorat kassa va 198 ta terminal apparati o‘rnatilgan bo'lib, Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida ja’mi 89,9 mlrd.so‘mlik savdo tushumi tushirilgan.
2024-yil aprel oyi davomida 27,6 mlrd.so‘mlik savdo va xizmat ko‘rsatish amalga oshirilgan.

2024-yilning o‘tgan davrida fuqarolarga QR kodli chek bermaslik holatlari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan dasturi orqali kelib tushgan xabarlar asosida 6 ta tadbirkorlik sub’ektining faoliyatida sayyor soliq tekshiruvlari o'tkazilib, tekshirishlar natijasiga ko‘ra 31,5 mln.so‘m moliyaviy jarima choralari qo‘llanilgan.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi amalga oshirilgan tadbirlar davomida qo‘shimcha ravishda 25 ta onlayn nazorat kassa texnikasi va 3 ta terminal apparati o‘rnatilib, 248 nafar norasmiy ishlab kelgan fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi hamda tadbirkorlar tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan muntazam targ‘ibot va nazorat ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident

Bugungi kunda O'zbekistonda yangi tadbirkorlar avlodi ana shu an'anani munosib davom ettirib, dadil maydonga chiqmoqda. Eng muhimi, biznes sohasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizda ham hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Sh.Mirziyoyev

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi #elon

🏓17-19-may kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtadi.

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube