TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #Yakkasaroy #Mirobod #Bektemir
#yashil_makon

🌱Shuningdek, loyiha doirasidagi xuddi shunday koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari poytaxtimiz boʻylab, jumladan, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlaridagi mahallalarda ham koʻtarinki tarzda davom etdi.

Bugun ekilayotgan ushbu koʻchatlar kelgusida ekologiyani muhofaza qilish, poytaxtimizning yashil hududini yanada kengaytirish va yurtimiz havosining musaffoligini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

🔷Tadbirkor elga madadkor

Davlat tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkonyatlar yaratish hamda yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida bajarib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Bugun – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
🔸moddiy naf tarzidagi;
🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
🔸soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

💻2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.

📲Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini
Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
📌Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_kodeksi

19-bob. Soliq monitoringi

175-modda. O‘zaro kelishuv tartib-taomili


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi o‘n beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va materiallar olinganidan keyin o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
O‘zaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va e’tirozlarni taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va boshqa materiallar olingan kundan e’tiboran bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbari (rahbarining o‘rinbosari) tomonidan o‘tkaziladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

🔷Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilinadi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etiladi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar 1 litr 2 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi

🌱Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Bu ezgu amallarning bardavomligi esa bugungi islohotlarda ham namoyon bo‘lmoqda.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TTY

- 1 apreldan boshlab yirik soliq to‘lovchilar tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi kerak. "Svet" o'chib qolsa qanday rasmiylashtiriladi?

- Axborot tizimida elektron TTY rasmiylashtirishda texnik nosozliklar yuzaga kelganda, tovar-transport yuk xati qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda, texnik nosozliklar elektron TTY tizimi operatori tomonidan rasman tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Axborot tizimidagi nosozliklar bartaraf etilgandan so‘ng 5 kalendar kuni ichida qog‘oz shaklida ko‘rsatilgan sana bilan TTY elektron shaklda axborot tizimiga kiritilishi shart.

👉 Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizomning 9-bandi
_________
#ТТН

- С 1 апреля крупным налогоплательщикам необходимо оформлять товарно-транспортную накладную в электронном виде. А как быть, если, к примеру, выключат свет?

- В случае возникновения технических неисправностей при оформлении электронной ТТН в информационной системе, ТТН оформляется в бумажной форме. При этом технические неисправности должны быть официально подтверждены оператором системы электронной ТТН.

ТТН вносится в информационную систему в электронной форме с датой, указанной в бумажной форме, в течение 5 календарных дней после устранения неисправностей в информационной системе.

👉п.9 Положения о порядке оформления ТТН в электронной форме

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads