TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #korrupsiya

🔷Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishirok etgan tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari bugungi kunda aholi o‘rtasida “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlari o‘sib borayotgani, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, shuningdek, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #yigilish #soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

Mirobod tumani hokimligida iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi


Mirobod tumani hokimligining faollar zalida joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ul tashkilot vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirda budjet tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash, mol-mulk va yer soliqlari o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish kerakligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda tuman soliq inspeksiyasi mutaxassislariga tadbirkorlarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida keng axborot berish, shu bilan bir qatorda yashirin iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini jadallashtirish haqida vazifalar belgilab berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKT va virtual kassalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob
#AOS

2024-yil yanvar oyi uchun AOS hisobotini topshirish jarayonida “Onlayn nazorat kassa texnikasi orqali shakllangan daromadlar” qatorida 2% o‘rniga avtomatik ravishda 4% stavka qo‘llanilyapti. Buni qanday tuzatish mumkin

Stavka to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun tadbirkorlik subyekti onlayn-NKTni Soliq kodeksining 467-moddasidagi faoliyat turi va joyidan kelib chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Misol uchun, tadbirkorlik subyekti chakana savdo bilan shug‘ullanadi, lekin onlayn-NKTni ro‘yxatdan o‘tkazishda faoliyat turini "umumiy ovqatlanish" deb ko‘rsatgan bo‘lsa uni "chakana savdo"ga o‘zgartirishi kerak.
_________________
#вопрос_ответ #налог_с_оборота

При сдаче отчетности налога с оборота за январь 2024 года к суммам в строке "Доходы от онлайн контрольно-кассовой машины" автоматически применяется ставка 4%, но должна быть ставка 2%. Как это исправить

Чтобы налоговая ставка применялась правильно, субъекту предпринимательства необходимо зарегистрировать онлайн-ККТ в соответствии со сферами деятельности и местом расположения согласно статье 467 Налогового кодекса либо зарегистрировать ее заново.

Например, если субъект предпринимательства занимается розничной торговлей, но при регистрации онлайн-ККТ была указана сфера деятельности «общепит», то данное несоответствие следует исправить.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i bo‘yicha tushuntirishlar beradi

Soliq qoʻmitasi va Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 16-fevral kuni “Foyda solig'i” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari - Irina Podolskaya, Irodaxon Abbosxonova va Natalya Turalinova ishtirok etadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Налоговый комитет совместно с членами Общественного совета предоставит налогоплательщикам разъяснения по налогу на прибыль

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета и Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам состоится 🗓 16 февраля на тему «Налог на прибыль».

В онлайн-семинаре примут участие члены Общественного совета при Налоговом комитете: Ирина Подольская, Иродахон Аббосхонова и Наталья Туралинова.

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa #sport #stol_tennisi

🏓Poytaxtimiz tumanlarida stol tennisi musobaqalarining saralash bosqichi davom etmoqda

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish maqsadida har yili besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy etildi.

Shu nuqtai nazardan, poytaxtimiz tumanlarida soliq inspeksiyalari tomonidan sportning stol tennisi turi bo‘yicha saralash bosqichi musobaqalari davom etmoqda. Bu galgi bahslar Uchtepa tumanining 2-sonli sport maktabida tashkil etilib, unda tumandan jami 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Shiddatli o‘yinlar yakunida 1 va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasiga yo‘llanma kiritib, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram