TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#elon

Hurmatli fuqarolar!

Avvalroq Telegram messenjeri orqali shaxsiy xabarlarda Soliq mobil ilovasini yuklab olib yutuqqa ega bo‘lishga da’vat etuvchi soxta xabarlar tarqalgani haqida ogohlantirgan edik.

‼️Eslatib o‘tamiz, bu ma'lumotlar firibgarlarning sizni aldashga urinishidir! Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang!

Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang - Android / iOS
—————
#объявление

Уважаемые граждане!

Ранее мы предупреждали о том, что в личные сообщения через мессенджер Telegram поступают сообщения с призывом скачать мобильное приложение Soliq, получить призы и подарки.

‼️Напоминаем, что данная информация является попыткой мошенников обмануть Вас! Не скачивайте приложение из неизвестных источников!

Устанавливайте и обновляйте приложение только с официальных платформ - Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ortiqcha narsalardan voz kechgan odam muhtojlikdan xalos bo‘lgan odamdir.

I. Kant

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida eksperiment tariqasida bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi


“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. (PF-25 01.02.2024)

Hujjat bilan IT park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan maxsus hudud – Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital texnologi Center-“ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etish belgilandi.

2024-yil 1-iyundan boshlab 5 yilgacha Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari

161-modda. Ta’minlash choralari


Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur qarorni ijro etish imkonini ta’minlashga qaratilgan choralarni (ta’minlash choralarini) ko‘rishga haqli.
Agar ushbu choralarni ko‘rmaslik keyinchalik ushbu qarorning ijrosini va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin yoxud undirishni imkonsiz qilib qo‘yadi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar bo‘lsa, ta’minlash choralari ko‘riladi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #barqarorlik_reytingi #seminar

🔷Soliq tizimidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori ishtirokida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi.

Unda tadbirkorlikka berilgan yengillik va imtiyozlar to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo'shimcha rag'batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi, hamda Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar mazmun-mohiyati, to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Chet el kompaniyasi, yaʼni norezident yurtimizda 183 kundan koʻp tijoriy faoliyat olib boradigan boʻlsa u Oʻzbekistonda doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilishi lozim.
Soliq kodeksi 130-modda.

💻Hisobga qo‘yish qanday amalga oshiriladi?

👉Batafsil videqo‘llanmada
—————
#видеоинструкция

Если иностранная компания, то есть нерезидент, осуществляет коммерческую деятельность в нашей стране более 183 дней, ей необходимо встать на учет в Узбекистане как постоянное учреждение.
ст.130 НК

💻Как осуществляется постановка на учет?

👉Подробнее в видеоинструкции
—————
#videoinstruction

If a foreign company, i.e. a non-resident, carries out commercial activities in our country for more than 183 days, it has to be registered in Uzbekistan as a permanent establishment.
Article 130 of the Tax Code of Uzbekistan

💻How to do registration?

👉More details in the video instruction

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkni soliq solish maqsadlarida baholash natijalari, eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini taqdim etish tartibi

2024-yil 1-yanvardan
jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Baholovchilar reestrini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida ko‘rish mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar soʻnggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk soligʻi bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.

👉 Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish bo‘yicha interaktiv xizmat

Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat jismoniy shaxslar egaligidagi quyidagi ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi:
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash;
▫️ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar).

👉 Eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini taqdim etish bo‘yicha interaktiv xizmat

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads