TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi


2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonun_loyihasi

“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024-yilga mo‘ljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar korporativ ijtimoiy masʼuliyat (CSR) hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati toʻgʻrisida har yili 1-iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda.

Loyiha muhokamasi 9-fevralga qadar davom etadi. Fuqarolar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlari orqali loyiha yuzasidan takliflarini bildirishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar!


Soliq qo'mitasining ma'lumotlarni qayta ishlash markazida yuklamalar ortib borayotgani sababli ayrim elektron xizmatlar hamda axborot tizimlari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Mutaxassislar yuklamani barqarorlashtirish va mobil ilova funksiyalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash ustida ish olib bormoqda.
———
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В настоящее время наблюдается повышенная нагрузка на центр обработки данных Налогового комитета. В связи с этим могут наблюдаться перебои в работе отдельных информационных систем и электронных услуг.

Специалистами проводятся работы по стабилизации нагрузки и обеспечению бесперебойной работы функций мобильного приложения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari!

Yuklamalar ortib borayotganligi sababli Soliq mobil ilovasida 31-yanvar va 1-fevral kunlari profilaktik ishlar olib boriladi. Ushbu davrda mobil ilova vaqtinchalik ishlamaydi.

Profilaktik ishlar davomida foydalanuvchilarning ma'lumotlari to‘liq saqlanadi va xavfsizligi ta'minlanadi.

Profilaktik ishlar yakunlangandan so‘ng barcha tizimlar odatdagi tartibda ishlaydi.
________
#объявление

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq!

В связи с повышенной нагрузкой 31 января и 1 февраля в мобильном приложении Soliq будут проводиться профилактические работы. В этот период приложение временно не будет работать.

Во время профилактических работ обеспечивается сохранность и безопасность данных пользователей.

После окончания профилактических работ все системы возобновят работу в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Dilda dog‘ ko‘tarib yurgandan ko‘ra, yuzning qizargani ma’qul.

M. Servantes

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_FEVRAL_2024.pdf
173.8 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil fevral oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на февраль 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-fevraldan...


👉Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi

👉Qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ining yangi stavkalari kuchga kiradi
______
#новое_в_законодательстве

С 1 февраля 2024 года...

👉Внедряется рейтинг устойчивости субъектов предпринимательства

👉Вступают в силу новые ставки налога на доходы в фиксированном размере

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi – qulay, ishonchli va shaffof


Poytaxtimizda mazkur reyting mazmun mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida biznes muloqot tashkil etildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#nazorat_tadbiri

🔷2024-yilning yanvar oyida qonun buzilishi holatlari bo‘yicha
"Soliq hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlari tumanlar kesimida:

🔹Yakkasaroy tumani
🔹Mirobod tumani
🔹Chilonzor tumani
🔹Mirzo Ulug'bek tumani
🔹Yangihayot tumani
🔹Uchtepa tumani

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #mahalla_yettiligi #uchrashuv

🔷"Mahalla yettiligi" uchun seminar tashkil etildi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat tizimga soliq va ijtimoiy xizmat xodimi ham biriktirildi.

Mazkur tizim xodimlari uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda kichik biznesni rivojlantirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, muammoli masalalarga yechim topishda ilmiy asoslangan yangi yondashuvlar ishlab chiqish, bunga ilmiy tashkilotlar jalb qilinishida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarni tadbirkorlarga yetkazish bo'yicha seminarlar o'tkazilmoqda

Joriy yilning 1-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi tomonidan Yangihayot tumanida seminar tashkil etildi.

40 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan ushbu tadbirda Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar so'ngida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram