TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan seminar tashkil etildi

Chilonzor tumani soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilar uchun joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining Soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi, yangi texnologiyalar axborot-informatsion markazi xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni yetakchi inspektori hamda Soliq qo'mitasi huzuridagi fiskal institut kafedrasi mudiri tomonidan "Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbeksiton Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, shuningdek, tadbirkorlikka berilgan imtiyozlar to'g'risidagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berilib, eski qonunlar bilan orasidagi farqlarga e'tibor qaratildi. Shuningdek, o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

154-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlarni amalga oshirish chog‘idagi bayonnomaga qo‘yiladigan umumiy talablar


Soliq nazorati harakatlarini o‘tkazish chog‘ida bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) tekshirish o‘tkazishning asoslari, turi va davri;
2) amalga oshiriladigan aniq harakatning joyi va sanasi;
3) harakatning boshlanish va tugash vaqti;
4) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#keshbek

2023-yil dekabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda, jumladan dekabr oyida ham BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.
———-
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в декабре, подтверждены.

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

❗️В месяц, в том числе за декабрь, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (20 400 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (204 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#barqarorlik_reytingi

Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari ishtirokchilarga “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi qanday ishlashi va tadbirkorlar qanday mezonlar bo‘yicha baholanishi haqida ma'lumot bermoqda.
____
#рейтинг_устойчивости

В Торгово-промышленной палате проходит встреча с предпринимателями и представителями СМИ.

Специалисты Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты рассказывают участникам о том, как будет работать электронная платформа «Рейтинг устойчивости предпринимателей» и по каким критериям будут оценивать предпринимателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#elon

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari

Telegram messenjeri orqali shaxsiy xabarlarda Soliq mobil ilovasini yuklab olib yutuqqa ega bo‘lishga da’vat etuvchi soxta xabarlar tarqalmoqda.

‼️ Bu ma'lumotlar firibgarlarning sizni aldashga urinishidir! Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang!

Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang. - Android / iOS
_________________
#объявление

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq

В личные сообщения через мессенджер Telegram поступают сообщения с призывом скачать мобильное приложение Soliq, получить призы и подарки.

‼️Данная информация является попыткой мошенников обмануть Вас! Не скачивайте приложение из неизвестных источников!

Устанавливайте и обновляйте приложение только с официальных платформ - Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib oling.

❗️Iste'molchilar bir oyda
BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% (204 000 so‘m) keshbek olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Shayxontohur #muhokama

Shayxontohur tumanida jinoyat muhokamasi tashkil etildi

Joriy yilning 25-yanvar kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Shayxontohur tumanida sodir etilgan 4 ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, mahalla raislari hamda faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 100 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.

Tadbirda tumanda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, doimiy daromad manbalarini yaratish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram