TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #soliq_qarzdorligi #hamkorlik

🔷Shayxontohur tumanidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi

Shu kunlarda Bosh prokuratura huzuridagi Istisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruhi tashkil etilib, Shayxontohur tumanida jami 828 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi. Natijada bir kun oldin kam miqdorda bo‘lgan tushumlar tadbir davomida ko‘tarilgani qayd etilib, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan korxonalarning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzi undirildi. Shuningdek, subyeklarda norasmiy xodimlar ishlayotganligi aniqlandi va hozirda ishchi guruh tomonidan ularning ishga rasmiy olinishiga ko‘maklashilmoqda.

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, tumanning Malika savdo kompleksi hududida amalga oshirilgan xatlov davomida savdo do‘konlarida norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan fuqarolar borligi yuzaga chiqdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #nazorat_tadbiri

🔷Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumani A.Qahhor koʻchasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qanday va qancha summaga qo‘llaniladi

👉Batafsil tushuntirish

▶️Youtube da ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ahil bo‘lsa olov ichra ham inson,
Ahil kishilarga olov ham oson.

Umar Hayyom

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini ta’minlash


Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Videotasvirni yozib olish to‘xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Ko‘chmas mulkni baholash natijalarini soliq organlariga yubordik, ammo ular rad etildi. Bunga sabab nima?

💬Mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas.

Agar ko'chmas mulk obyektining 1 kv. metr qiymati eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulkni mustaqil baholatishga haqli.
👉Soliq kodeksining 412-moddasi

Bunda, mustaqil baholash soliq solinadigan bazani aniqlash uchun o'tkazilishi kerak. Agar baholash soliq to'lovchi tomonidan boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan bo'lsa, uning natijalari soliq organlari tomonidan qabul qilinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #muhokama

Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yunusobod tumanida sodir etilgan jinoyatchiliklar muhokama qilindi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi


“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi
PQ-39-son, 23.01.2024-y.

2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:
▫️soliqlar boʻyicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish 3 kun muddatda amalga oshiriladi;
▫️tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
Yuqorida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 % va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️2024-yil 1-apreldan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
___________
#новое_в_законодательстве

Для предпринимателей с высоким рейтингом устойчивости будут внедрены меры поощрения

Принято Постановление "О мерах по внедрению рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства".
№ПП-39 от 23.01.2024

С 1 февраля 2024 года будет внедрен рейтинг устойчивости субъектов предпринимательства, предусматривающий выявление и дополнительное поощрение субъектов предпринимательства, осуществляющих деятельность с соблюдением требований законодательства.

В рамках рейтинга субъекты предпринимательства разделяются на следующие категории:

▪️категории «ААА», «АА» и «А» высокий рейтинг устойчивости;
▪️категории «ВВВ», «ВВ» и «В»средний рейтинг устойчивости;
▪️категории «ССС», «СС» и «С» удовлетворительный рейтинг устойчивости;
▪️категория «D» низкий рейтинг устойчивости.

Рейтинг формируется автоматически (онлайн) на электронной платформе «Рейтинг устойчивости предпринимателей» Налогового комитета посредством межведомственного обмена данными и публикуется на официальном веб-сайте Торгово-промышленной палаты.

В деятельности субъектов предпринимательства категории «ААА» не проводятся налоговые проверки (за исключением проверок, проводимых в рамках уголовных дел), а также возмещение (возврат) сумм НДС данной категории субъектов предпринимательства осуществляется в однодневный срок без проведения проверок.

Для субъектов предпринимательства категории «А» и выше:
▫️возврат излишне уплаченных сумм по налогам (за исключением НДС) осуществляется в трехдневный срок;
▫️применяется порядок взаимного учета сумм НДС, уплачиваемых при импорте товаров и реализации товаров (услуг).

Вышеперечисленные меры поощрения не распространяются на государственные предприятия и юридические лица, в уставном капитале которых государственная доля составляет 50% и более.

❗️С 1 апреля 2024 года субсидии, льготы и преференции применяются к субъектам предпринимательства в зависимости от уровня их рейтинга.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Sergeli #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

"Teletahlil" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Sergeli tumani soliq inspeksiyasi tomonidan tuman 4-sektor hududiga qarashli manazillarda aholi turmush darajasi farovonligini yanada yuksaltirish va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida so'z boradi.

Ko'rsatuvni YouTube orqali tomosha qiling:
👉https://www.youtube.com/watch?v=EiTqtpBZLqo

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram