TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Olmazor tumanida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

“Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, Soliq kodeksiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Ayni kunlarda ushbu Qonunga asosan, Soliq kodeksining 46 ta moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish uchun joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Olmazor tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari va mutaxassislari tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni 2024-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan 100 nafarga yaqin tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxus qo‘llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Olmazor tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari va mutaxassislari tomonidan soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

Oliy taʼlim muassasalari talabalarni ragʻbatlantirish uchun toʻlovlardan daromad soligʻi ushlab qoladimi?

👉Batafsil mutaxassis sharhida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ishni tuzatib bo‘lmaydigan darajaga olib borgandan ko‘ra, xatoni tan olish ancha olijanobroqdir.

L. N. Tolstoy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

151-modda. Mutaxassisni jalb etish


Zarur bo‘lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamda ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #soliq_qarzdorligi #nazorat_tadbiri

🔷Soliq qarzdorligi mavjud korxonaga tegishli noturar bino xatlovga olindi

Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyotini, kuch-qudratini, shuningdek, xalqimiz farovonligi va tinchligini, mahalla, ko‘cha hamda yo‘llarimiz obodligini ta'minlashga xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Biroq ayrim tadbirkorlar yaratib berilgan ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlarga qaramasdan, majburiyatlarini ortga surayotgan holatlar ham uchrab turibdi.

Bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida Yakkasaroy tumanida faoliyat yurutuvchi "POLIMER" MChJ tadbirkorlik subyektining soliq va majburiy to‘lovlardan 437,1 mln. so‘m qarzdorligini byudjetga undirish uchun Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur soliq qarzdorligi yuzasidan soliq boshqarmasi tomonidan Soliq kodeksining 115–119-moddalariga asosan bir necha bor ogohlantirish talabnomalari yuborilgan. Shunga qaramasdan mazkur qarzdorlik to‘liq to‘lanmaganligi sababli, “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar bino xolislar ishtirokida xatlovga olinib, qarzdorligi to‘liq to‘lab berilgunga qadar vaqtincha muhrlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #soliq_qarzdorligi #nazorat_tadbiri

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi hamkorligida Yakkasaroy tumanida soliq va boshqa majburiy to'lovlardan 437,1 mln. so'm qarzdorligi mavjud korxonaga tegishli bo'lgan noturar bino xolislar ishtirokida xatlovga olinib, qarzdorligi to'liq to'lab berilgunga qadar vaqtincha muhrlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yer_soligi

2024-yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisoboti 22-yanvardan kechiktirilmay taqdim etilishi lozim


Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 22-yanvaridan* kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.

🔹Soliq toʻlash muddati:

📌2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
▪️AOS toʻlovchilar uchun har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun har oyning 10-kuniga qadar.

Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.

📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

* 20-yanvar dam olish kuni (shanba) bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni 22-yanvarga ko‘chiriladi.
___________
#новое_в_законодательстве #земельный_налог

Расчет по земельному налогу с юридических лиц за 2024 год необходимо представить не позднее 22 января

Налогоплательщики должны представить налоговую отчетность по землям несельскохозяйственного назначения в налоговый орган по месту нахождения земельного участка не позднее 22 января* текущего года.
👉ст.431 НК

Формы отчетности для исчисления земельного налога по землям несельскохозяйственного назначения размещены на портале my.soliq.uz:
▫️форма отчетности для организаций, не являющихся плательщиками налога с оборота – 10510_21;
▫️ форма отчетности для плательщиков налога с оборота – 10510_20.

🔹Сроки уплаты налога:

📌За январь 2024 года - не позднее 20 января;
▪️плательщиками налога с оборота не позднее 20 числа третьего месяца каждого квартала;
▪️другими налогоплательщиками не позднее 10 числа каждого месяца.

Эта налоговая отчетность автоматически рассчитывается отдельно по каждому земельному участку, зарегистрированному в органах кадастра.

В этом году базовые налоговые ставки за земли несельскохозяйственного назначения проиндексированы на 12%.

К сведению. Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан и Кенгаши народных депутатов областей, а также районов и городов применяют понижающие и повышающие коэффициенты к установленным налоговым ставкам за земли несельскохозяйственного назначения и представляются в налоговые органы ежегодно до 10 января.
👉ст.429 НК

Примечание: В настоящее время можно представить данную налоговую отчетность по регионам с утвержденными налоговыми ставками.

📖 Инструкция по заполнению формы отчетности по земельному налогу с юридических лиц

*В связи с тем, что 20 января - выходной день (суббота), последний день представления справки по налогу на имущество юрлиц переносится на 22 января.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads