TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchrashuv #ochiq_muloqot

🔷Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng yo‘l ochib berish, ular faoliyatiga to‘siq bo‘ladigan holatlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, tadbirkor – iqtisodiyotning, islohotlarimizning asosiy tayanchi va lokomotividir.

Shu maqsadda, Toshkent shahar prokuraturasi vakili, soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda mas'ullarining 20 dan ortiq tadbirkorlar bilan individual tarzdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda biznes muhitini yaxshilash yuzasidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar tushuntirilib, qonun doirasida faoliyat yuritish, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish va soliq qarzdorligidan xalos bo‘lish uchun qanday choralar ko‘rilishi lozim ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, mutaxassislar ishbilarmonlar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javob berdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #keshbek

🔷1% keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatildi, QQS qaytariladigan mahsulotlar 4 taga ko‘paydi

Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024-y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:

🔹2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi (BHMning 60 baravari);

🔹Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi;

🔹“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot (un, shakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar) xaridi uchun QQS qaytariladi;

🔹QQS "Ijtimoiy himoya reestri"dagi fuqarolarga oyiga 3,4 mln soʻm (BHMning 10 baravari) miqdoridagi xaridlar doirasida qaytariladi;

🔹Xarid chekida bank kartasi turini (korporativ yoki shaxsiy) ko‘rsatish shartligi belgilandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: 2023-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

Jonli efir
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1095710628407970/
__________
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Итоги 2023 года: развитие бизнеса и налоговые поступления

Прямой эфир
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1095710628407970/

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#2023_yil_natijalari

Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari

2023-yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs roʻyxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga va 97 mingdan ortiq fuqaro YTTlar safiga qoʻshilib, jami faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 240,7 ming nafarga yetdi.
Qariyb 1,6 mln nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritishni boshladi va ularning jami soni 2,6 mlntani tashkil etdi.
____________
#итоги_2023года

Вновь созданные субъекты предпринимательства

За 2023 год было зарегистрировано около 90 тысяч юридических лиц, общее количество действующих организаций достигло 570,4 тысяч. Также свыше 97 тысяч граждан стали индивидуальными предпринимателями, общее число осуществляющих деятельность индивидуальных предпринимателей достигло 240,7 тысяч.
Около 1,6 млн граждан начали вести деятельность в качестве самозанятых и их общее число составило 2,6 млн.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

2023-yilda respublika boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni ixtiyoriy toʻlash darajasi 97 foizni tashkil etdi.
___________
#итоги_2023года

В 2023 году уровень добровольного исполнения налоговых обязательств юридическими и физическими лицами в масштабах республики составил 97%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

Budjetga soliq tushumlari

2023-yilda Davlat budjetiga jami soliq tushumlari 165,9 trln soʻmni tashkil etdi. Bu belgilangan yillik prognozga (163,8 trln soʻm) nisbatan 101,3 foizga (2,1 trln soʻm) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 trln soʻmga koʻp.

Respublikamizning barcha hududlarida belgilangan yillik prognoz koʻrsatkichlari toʻliq bajarildi va ularning qoʻshimcha tushumlari 3,4 trln soʻmdan oshdi.

Hududlarda soliq tushumlari 2022-yilga nisbatan 13%ga oʻsdi. Jizzax (30%), Sirdaryo (21%), Toshkent (19%) va Navoiy (18%) viloyatlarida yuqori oʻsishga erishildi.

Teng raqobat sharoitini yaratish, xarajatlar tarkibini asossiz oshirishning oldini olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar natijasida davlat ulushi boʻyicha budjetga prognozga nisbatan 1,5 trln soʻm qoʻshimcha dividend summalari undirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 1,3 trln soʻm moliyaviy jarimalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

QQS maʼmurchiligi

2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi tadbirkorlik subyektlari va isteʼmolchilar ixtiyorida 9 trln soʻm mablagʻ qolishiga imkon berdi. QQS maʼmurchiligining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi natijasida stavka tushirilishiga qaramasdan mazkur soliq turi boʻyicha budjetga 34 trln soʻm mablagʻ toʻlanib, tushumlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln soʻmga yoki 4% oʻsdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

2024-yilning 12-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari uchun Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbeksiton Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan kasbiy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, QQS, foyda solig‘i hamda mol-mulk solig‘i haqida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish hamda soliq to‘lovchilarga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram