TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 9-yanvar kuni  Olmazor tumanidagi yordamga muhtoj 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

"Ziyo" mahallasida o'tkazilgan qabulda 11 ta murojaat ijobiy hal etildi. Xususan, 5 ta fuqaroga uy sharoitida daromad manbaiga ega bo'lish uchun ilgari tikuv mashinalari taqdim etilgan bo'lib, bugungi kunda subsidiya asosida parli dazmollar olib berildi. Shuningdek, yana 5 nafar fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilib, kundalik turmushda foydalaniladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, nafaqadagi bir nafar fuqaroning mol-muk solig'i bo'yicha qarzdorligi ijobiy hal etilib, vaqt talab etuvchi muammoli masalalar ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn xaridlar uchun elektron chek beriladi

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari, bank mobil ilovalar yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to‘lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash lozim. Ilovaning o‘zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.
___
#онлайн_ККТ #маркетплейс

За онлайн-покупки выдается электронный чек

Реализуя товары или услуги, предприниматели должны использовать онлайн контрольно-кассовую технику и выдавать покупателям чек с QR-кодом. Такой чек выдаётся как при оплате наличными, так и через терминал.

Если покупатель производит оплату через электронные платежные организации, мобильные приложения банков или платформы электронной коммерции (маркетплейсы), то фискальный чек формируется в электронном виде.

По таким чекам кешбэк в размере 1% от суммы покупок начисляется автоматически в мобильном приложении Soliq (для этого номер телефона в приложении Soliq и в платежной системе (маркетплейсе), через которую производится оплата, должны совпадать).

Покупатель вправе уведомить налоговые органы о том, что ему не выдали чек с QR-кодом. Для этого нужно подать обращение через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq. Отслеживать статус обращения можно в самом приложении.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 января 2024 года последний день

за декабрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,
Qarosin yuqtirar doimo qozon.

Firdavsiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq to‘lovchining hududiga kirishi


Bevosita soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) ushbu shaxsning soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sayyor_qabul #raqamlashtirish

🔷Sayyor qabul: davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik

Toshkent shahri bo'yicha 2023-yil mobaynida 4-sektor rahbarlari tomonidan o'tkazilgan 815 ta sayyor qabullarda jami 10 600 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 9 881 tasi ijobiy yechim topgan.

📊Eng ko'p uchragan muammoli masalalar top-3 taligi:
🔹Moddiy yordam masalalari bo'yicha2 971 ta;
🔹Sog'liqni tiklash (tibbiy ko'rik, davolanish, jarrohlik amaliyoti, dori-darmon) masalalari bo'yicha1 840 ta;
🔹Kommunal sohadagi muammoli masalalari bo'yicha1 098 ta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#aksiz_soligi

10-yanvar aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 292-293-moddalari

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan ushbu soliq hisobotini toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma soliq.uz saytining "Soliq hisobotlari" sahifasiga joylangan.

💻 Unda aksiz soligʻi hisob-kitobinining:
🔹Advalor stavkalar;
🔹Qatʼiy stavkalar;
🔹Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar boʻyicha
toʻldirish tartibi batafsil koʻrsatib berilgan.

Soliq stavkalari hamda tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi soliq toʻlovchi tomonidan tanlanadi.

🗓 Hisob-kitoblar ushbu soliqni toʻlovchilari tomonidan har oyda oʻsib boruvchi yakunsiz, alohida tartibda va soʻmda toʻldiriladi.

📜 Aksiz soligʻi hisobotini toʻldirish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA

👉2024-yil uchun tamaki va alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
👉2024-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari
__________
#акцизный_налог

10 января - последний день представления отчетности и уплаты акцизного налога.
👉ст.292-293 НК

Методическая инструкция по заполнению этой налоговой отчетности, подготовленная специалистами Налогового комитета, размещена на сайте soliq.uz на странице "Формы налоговой отчетности".

💻 В ней даны подробные разъяснения по заполнению в Расчете по акцизному налогу:
🔹Адвалорных ставок;
🔹Фиксированных ставок;
🔹Комбинированных ставок, состоящих из фиксированных и адвалорных ставок.

Налогоплательщик самостоятельно выбирает код пакета расчета акцизного налога по природному газу или исходя из применяемых ставок.

🗓 Расчеты заполняются плательщиками этого налога каждый месяц без нарастающего итога, по отдельности и в сумах.

📜 МЕТОДИЧЕСКАЯ ИНСТРУКЦИЯ по заполнению отчетности по акцизному налогу

👉Ставки акцизного налога на табачную и алкогольную продукцию на 2024 год
👉Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары и услуги на 2024 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #Olmazor #Uchtepa #sayyor_qabul

Sayyor qabullar fuqarolarning og‘irini yengil qilmoqda

Yurtimizning tuman va mahallalari kesimida o'tkazib kelinayotgan ommaviy sayyor qabullar jarayonida muammolari bartaraf etilayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda.

Shu maqsadda, Mirzo Ulug'bek, Olmazor, Uchtepa tumanlarida o'tkazilgan sayyor qabullarda jami 35 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi. O'rganish qo'shimcha vaqt talab qiladigan 10 ta masala bo'yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

O'z yechimini topayotgan har bir muammo yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#EHF

Eslatma❗️

🗓 Bugun – 2023-yil dekabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni.
👉 VMQ-489-son 2-ilova
____________
#ЭСФ

Напоминаем❗️

🗓 Сегодня – последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за декабрь 2023 года.
👉Прил.№2 ПКМ №489

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga 2023-yilda 52 mingdan otriq murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2023-yilda elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 52 438 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 45 258 ta (86,3%);
🔹ogʻzaki – 4 710 ta (9%);
🔹yozma – 2
470 ta (4,7%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 16 621 ta (31,7%);
🔸Samarqand viloyati – 4 802 ta (9,2%);
🔸Toshkent viloyati – 4 687 ta (8,9%);

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali 10 917 ta murojaat yoʻllangan va barcha murojaatlarga javob berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sergeli #mahallabay

🔷Soliq xizmatining Sergeli tumanidagi mahallabay faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi
boshlig‘i topshirig‘iga asosan, 2024-yilning 10-yanvar kuni Sergeli tumanining mahallabay tizimida Soliq xizmati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, unda "mahalla yettiligi"ning imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Ayniqsa, "soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram