TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchrashuv

Uchrashuv so‘nggida soliq xizmati organlaridagi samarali mehnati, o‘z kasbiga sadoqati, yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, faolligi va tashabbuskorligi bilan 2023-yil davomida tengdoshlariga o‘rnak, namuna bo‘lib kelayotga bir guruh yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘kmoqdir.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 декабря 2023 года последний день

за декабрь:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает установленный размер
(ч.1 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

135-modda. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar


Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#foyda_soligi

"Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi onlayn seminar videoyozuvini bu yerda ko‘ring - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA
_______
#налог_на_прибыль

Запись онлайн-семинара на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #sayyor_qabul

Bektemir tumanidagi "Musaffo" mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining ko'rsatmasi asosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etilib, 15 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 8 tasi joyida hal etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_tushumlari

🔷Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi hamkorligida soliq tushumlari masalalari yuzasidan tuman soliq inspeksiyalari xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Soliq boshqarmasi mas'ullari ham ishtirok etgan ushbu tadbirda boshqarma boshlig‘i tomonidan soliqlarni byudjetga undirish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, xodimlarga ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozini_band_qilish

Men yog'ochdan (faner, XDF) turli buyumlar yasash bilan shug‘ullanaman. O'zimni o‘zim band qilib, mahsulotlarimni internet-do‘kon orqali sota olamanmi?

Ushbu faoliyat turi o'zini o‘zini band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritilgan ("Yog'och me'morchiligi" 27-band).
👉 PQ-4742-son ilovasi 06.08.2020 yil

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shundan so'ng ro'yxatdan o'tganlikni tadiqlovchi QR-kodli guvohnomani yuklab olish lozim.

Elektron savdo maydonchasida tovarlar chakana savdosini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs elektron tijorat sohasi sotuvchi hisoblanadi.
👉 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun 8-modda

Yuqoridagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq siz o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va o'zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni internet-do‘kon orqali sotishingiz mumkin.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#savol_javob

🔴 2022-yilda 1 kv.m uchun mulkni qayta baholash natijasi qanchongacha amal qiladi? 2024 yilda mol-mulk solig‘ini ushbu baholash qiymati bo‘yicha to'lasa bo‘ladimi?

🔵 Mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda (baholash o‘tkazilgan sanadan boshlab) o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, 2022-yilda qayta baholash amalga oshirilgan obyektlarning qiymati asosida 2024-yilda ham mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish mumkin.
________
#вопрос_ответ

🔴 Какой период действует переоценка имущества за 1 кв.м., сделанная в 2022 году? Можем ли мы платить по цене переоценки и в 2024 году ?

🔵 Налоговой базой признаются результаты независимой оценки, в том числе результаты независимой оценки, проведенной налогоплательщиком за последние два года (с даты проведения оценки).
👉 ст. 412 НК РУз

Следовательно, сдать отчет по налогу на имущество в 2024 году можно исходя из стоимости объектов, прошедших переоценку в 2022 году.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads