TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv

🔷Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyotini, kuch-qudratini, shuningdek, xalqimiz farovonligi va tinchligini, mahalla, ko’cha hamda yo’llarimiz obodligini ta’minlashga xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Albatta, ularning o’z vaqtida to’lanishi fuqarolik burchimizdir. Biroq vazifasini ixtiyoriy tarzda bajarmayotgan tadbirkorlar ham yo'q emas, afsuski.

Bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi hamkorlikda faoliyat yuritib, soliq qarzdorligi mavjud tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazib kelmoqda.

Joriy yilning 6-dekabr kuni ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi tashkil etilib, soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rgan holda byudjetga to‘lanishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Yashnobod #sayyor_qabul

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida poytaxtimizdagi "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan aholi, umuman, barcha fuqarolar holidan xabar olinib, ularning muammolarini yechish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari hamda Yashnobod tumani hokimligi vakillari ishtirokida tuman aholisining murojaatlarini tizimli o‘rganish va hal etish maqsadida 40 nafardan ortiq fuqaro bilan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda uy sharoitida doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida "Ayollar daftari"ga kiritilgan 25 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari, 3 ta fuqaroga esa salomatlikni tiklash uchun maxsus yo‘llanmalar topshirildi.

Shu tarzda 28 ta murojaat joyida hal etildi va 12 tasi vaqt talab etadigan masalalar bo‘lganligi sababli mas'ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Iste’dodli odamga – dag‘allik, qobiliyatsizga mansab yarashmaydi.

Muiniddin Juvayniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #sayyor_qabul

Toshkent shahar 4-sektor rahbari hamda Yashnobod tumani hokimligi vakillari ishtirokida tuman aholisining murojaatlarini tizimli o‘rganish va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

15-bob. Soliq qarzini undirish

125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish


Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs (bundan buyon ushbu moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish to‘g‘risidagi ariza deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga haqli.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yoriqnoma #soliq_tushumlari

🔷Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida soliq tushumlari yuzasidan ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan soliqlarni byudjetga undirish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram