TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yunusobod #onlayn_NKT #nazorat_tadbiri

🔷Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Toshkent shahrida tadbirkorlar noqonuniy faoliyatining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Soliq xizmati xodimlari "Soliq" mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida Yunusobod tumanida faoliyat yuritadigan dorixonalardan birida nazorat tadbiri o‘tkazganida tadbirkorlik subyekti xodimi sotilgan tovar uchun xaridorga QR-kodli chek bermaganligi aniqlandi va bu bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tadbirkorga jarima qo'llanildi.

📌Xaridorlar chek berilmaganligi uchun "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali shikoyat yo‘llashi mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #saxovat_va_komak

🔷Yurtimizda aholining barcha qatlamlarini, jumladan, ehtiyojmand va nogironligi mavjud fuqarolarni ham har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi poytaxtimizdagi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan uyma-uy yurgan holda xabar olib, ulardagi muammoli masalalarni oʻrganmoqda va amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Shuningdek, soliq xizmati mutasaddilari 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi imkoniyati chekalangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabida tahsil oladigan 200 dan ortiq yoshlar bilan uchrashib, ularga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlash maqsadida estalik sovgʻalari topshirdilar. Kuy-qoʻshiq va bolalarning raqslariga ulanib ketgan tantanali tadbir soʻngida oʻquvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #saxovat_va_komak

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kunida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi imkoniyati chekalangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabida tahsil oladigan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram