TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tuman soliq inspeksiyalari yirik bozor va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan biznes vakillari muntazam ravishda uchrashuv o‘tkazib kelmoqdalar. Bu galgi uchrashuv Shayxontohur tumanida joylashgan "Malika savdo majmuasi" tadbirkorlari bilan tashkil etilib, unda bozor ma'muriyati ham ishtirok etdi.

Unda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilgan soliq ma'murchiligidagi yangilik va imtiyozlar haqida ma'lumotlar berilib, tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi hamda ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-NKTdan xarid chekini taqdim etmaslik yoki to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, qonun doirasida faoliyat yuritish kerak ekanligi haqida ma'lumot berildi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan bozor hududidagi barcha tadbirkorlik subyektlariga bu boradagi eslatma xatlarlari tarqatilib, kerakli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС.
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

SAVOL:
Foyda solig‘ini hisoblashda korxona natura shaklida olgan tushum jami daromadga kiritiladimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi 5-qismiga asosan, jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda QQS to‘lovchilar soni 192 mingdan oshdi

2023-yil 1-noyabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 192 059 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹 savdo – 59,6 ming;
🔹 qishloq xoʻjaligi – 48,1 ming;
🔹 sanoat – 27,8 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸 axborot va aloqa xizmatlari 41,4%;
🔸 transport36,7%;
🔸 xizmat ko'rsatish17,8%.
________
#цифровизация
#НДС

В Узбекистане более 192 тысяч плательщиков НДС

По состоянию на 1 ноября 2023 года число плательщиков НДС достигло 192 059. Это на 13,2% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля - 59,6 тыс.;
🔹сельское хозяйство - 48,1 тыс.;
🔹промышленность – 27,8 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в сферах:
🔸информатизации и услуг связи 41,4%;
🔸транспорта - 36,7%;
🔸оказания услуг 17,8%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi

2028-yil 1-yanvarga qadar:
▫️budjet tashkilotlari,
▫️davlat korxonalari,
▫️ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi QQSdan ozod qilinadi.
(tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno)

👉 PF-195 16.11.2023

📌Farmonda nazarda tutilgan imtiyoz Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.

👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yil 1-noyabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 529,9 mlrd so‘mlik 256 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 270 mlrd so‘mlik 158 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 259,9 mlrd so‘mlik 93 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha - 5 ta.

Natijada:
▫️ 121,4 mlrd so‘mlik 23 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 49,9 mlrd so‘mlik 15 tasi qisman);
▫️ 379,1 mlrd so‘mlik 222 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️29,4 mlrd so‘mlik 11 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 ноября 2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 256 жалоб на общую сумму 529,9 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 158 жалоб на сумму 270 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 93 жалобы на сумму 259,9 млрд сумов;
🔸в других случаях - 5 жалоб.

В результате:
▫️удовлетворены в пользу налогоплательщиков 23 жалобы на сумму 121,4 млрд сумов (из них частично – 15 жалоб на сумму 49,9 млрд сумов);
▫️по 222 жалобам на сумму 379,1 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 11 жалоб на сумму 29,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Yakkasaroy #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Soliq xizmati mas'ul xodimlari yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuv o‘tkazib kelmoqdalar. Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari ishtirokida Askiya dehqon bozorida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan bu galgi uchrashuvda bozor ma'muriyati ham qatnashdi.

Tadbirda ishbilarmonlarning murojaatlari tinglanib, ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi hamda muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Muloqot davomida tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

Shuningdek, raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalardan foydalanishi lozimligi ta'kidlanib, soliq xizmati xodimlari tomonidan savdo kompleksida faoliyat yuritadigan barcha tadbirkorlarga bu boradagi eslatmalar tarqatilib chiqildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

Jismoniy shaxslar daromad soligʻini
my.gov.uz portali orqali ham qaytarib olishi mumkin

Jismoniy shaxslar daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. VMQ-601 15.11.2023 y.

Unga koʻra, jismoniy shaxslar daromad soligʻini qaytarib olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP – My.gov.uz)da elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali soliq organlariga ariza yuborishi lozim.

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
🔹 F.I.O.;
🔹 doimiy yashash manzili;
🔹 JShShIR;
🔹 elektron pochta manzili;
🔹 telefon raqami;
🔹 imtiyoz qoʻllaniladigan daromad turi;
🔹 plastik karta rekvizitlari – karta raqami / karta egasi F.I.O / bank tranzit hisobvaragʻi / STIR / MFO.

Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
🔸 soliq deklaratsiyasi;
🔸 taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma;
🔸 taʼlim krediti shartnomasi;
🔸 ipoteka krediti shartnomasi;
🔸 nodavlat taʼlim tashkiloti bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;
🔸 mablagʻlar yoʻnaltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng soliq organiga avtomatik tarzda yuboriladi.

Soliq organi ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi yoki rad etilganligi haqida (QR-kodli, matrik shtrix kodli) elektron xabarnoma yuboradi.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash toʻg‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Gʻaznachilik boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlov summasi arizachining bank plastik kartasiga qaytariladi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda my.soliq.uz (my3.soliq.uz) portalidagi jismoniy shaxslar shaxsiy kabineti orqali daromad soligʻidan ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads