TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida ushbu illatning oldini olish maqsadida Mirobod tumanidagi jamoat joylarida aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha tushuntirish-profilaktik ishlari olib borildi.

Targ'ibot tadbiri fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sport #stol_tennisi

🇺🇿II Turkiy davlatlar universiadasi: Sportchilarimiz faxrli o‘rinlarni egallashdi!

Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z kuchini ko‘rsatmoqda.

🏓Jumladan, stol tennisi bo‘yicha kechgan jamoaviy bahslarda o‘zbek qizlari va yigitlari jamoasi 3-o‘rinni band qilib, musobaqaning bronza medaliga ega chiqishdi.

📌Mazkur jamoalardagi yigit-qizlarning 4 nafari Toshkent shahar sportchilari hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1👍1🎉1
#11noyabr #kasaba

11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni!


Soliq qo‘mitаsida ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Maxkamov so‘zga chiqib, barchaga qo‘mita raisi tabrigini yetkazdi.

Kasaba uyushmalari faollari va a’zolarini bayram bilan tabriklab, davlat soliq xizmati organlari birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan shaxsiy tarkib manfaatlari uchun samarali ishlar qilanayotganini ta’kidladi.

Bayramga taklif etilgan xalq ardog‘idagi xonandalarning diltortar kuy va qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va a’zolari, yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷Soliq xizmati xodimlari tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#Bektemir #yashil_makon

🌿So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Bu ezgu amallarning bardavomligi esa bugungi islohotlarimizda namoyon bo‘lmoqda.

🌱Xususan, O‘zbekiston Respulikasi Bosh prokuroturasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Bektemir tumani sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas'ullari boshchiligida "Iyk ota" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

🏞Shu nuqtai nazardan, mahalla hududidagi 2 gektarlik bog‘ga 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilib, yangi “Konstitutsiya bog‘i” barpo etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥21👏1