TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #obodonlashtirish #mahallabay

Soliq qo'mitasi departamenti bo'lim boshlig'i, Shayxontohur tumani sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan "Eshonguzar" va "Gulobod" mahallasida qator amaliy ishlar tatbiq etilmoqda.

Xususan, 2023–2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida 1 200 metrlik gaz ta'minoti quvurlari tortish, ko'p qavatli uylar yerto'lasidagi isitish tizimini nazoratdan o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 517 xonadonning gaz bosimi sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, hududda to'planib qolgan 47 tonna chiqindi tozalanib, daraxtlarga shakl berish bilan bog'liq masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Samarali mehnat ko'satayotgan barcha ishchi guruhi uchun qozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Bo‘shamasa tili g‘iybatdan,
Bo‘shamaydi dil uqubatdin.

Farididdin Attor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qurilish korxonalari 5,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

2023-yil yanvar-sentabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 34 506 ta yuridik shaxs tomonidan 5,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 856,2 mlrd so‘mi, ya’ni 15 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 9,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 50,8 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS439,6 mlrd so‘m;
foyda solig'i127,6 mlrd so‘m;
JShODS - 117,6 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 113,3 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 25,2 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 24,4 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 8,5 mlrd so‘m.
_________
#цифровизация #налоговые_поступления

Строительные организации уплатили более 5,7 трлн сумов налогов

В январе-сентябре 2023 года 34 506 юрлиц, осуществляющих деятельность в строительной сфере, уплатили 5,7 трлн сумов налогов. Из них 856,2 млрд сумов, или 15% приходится на 20 налогоплательщиков. Их товарооборот превысил 9,5 трлн сумов, а сумма применённых ими налоговых льгот - 50,8 млрд сумов.

Соотношение уплаченных налогов и суммы применяемых налоговых льгот в разрезе каждой из этих 20 организаций - подробнее в инфографике.

Поступления, которые обеспечили эти налогоплательщики, в разрезе видов налогов:
НДС - 439,6 млрд сумов;
налог на прибыль - 127,6 млрд сумов;
НДФЛ - 117,6 млрд сумов;
социальный налог - 113,3 млрд сумов;
налог на имущество - 25,2 млрд сумов;
земельный налог - 24,4 млрд сумов;
другие налоги - 8,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_kodeksi

11-bob. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish

98-modda. Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni istisno etadigan holatlar

Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilayotgan bo‘lsa, soliqni to‘lash muddati o‘zgartirilishi mumkin emas:
1) agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sayyor_qabul #uchrashuv

🔷Prezident administratsiyasi va Xalq qabulxonalari tashabbusi bilan soliq xizmati organlari hamda tegishli idora va tashkilotlar tomonidan sud-huquq hamda boshqa masalalar muhokamasiga bag'ishlangan sayyor qabullar tashkil etildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram