TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir #yashil_makon

🌱Yurtboshimizning "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 21-oktabr kuni Bektemir tumani "Iyk ota" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida saf yig'ini bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari, tuman sektor rahbarari va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida tuman hududiga 5 100 ta daraxt ko'chatlarni ekish ishlariga start berilib, 1-dekabrga qadar jami 10 000 tup ko'chat ekishi rejalashtirilib olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan:

🔹Soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.

Eslatma!
2022-yilda Xorazm viloyatida mazkur amaliyot boʻyicha eksperiment oʻtkazilgan edi.

🔹Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023 y.)

bunga qadar tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantirilardi.

Mazkur qaror bilan 20.11.2020-yildagi VMQ-736-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, “Soliq toʻlovchining tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

👉 VMQ-548 18.10.2023
—————————————-
#новое_в_законодательстве

Некоторая налоговая отчетность будет формироваться налоговыми органами автоматически

Согласно Постановлению Кабинета Министров с 1 января 2024 года:

🔹по выбору налогоплательщиков внедряется порядок автоматического формирования налоговыми органами налоговой отчетности по НДС, налогу с оборота, налогам на имущество и землю юридических лиц. При этом налогоплательщик или его уполномоченный представитель подтверждает правильность и полноту сформированной налоговыми органами налоговой отчетности, либо, переоформив отчетность, представляет ее в налоговые органы.

Напоминаем!
В 2022 году такая практика в порядке эксперимента проводилась в Хорезмской области.

🔹срок внесения исправлений в технические ошибки при оформлении чеков продажи будет продлен до следующего периода представления налоговой отчетности (с 20.10.2023 г.).

До этого корректировка чеков осуществлялась не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.

Данным постановлением внесены изменения и дополнения в ПКМ-736 от 20.11.2020 г. и утверждено Положение «О порядке формирования налоговой отчетности налоговыми органами по выбору налогоплательщика».

👉ПКМ 548 от 18.10.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda soliq to'lovchi call-markazga bog'lanish muammo bo'layotgani to'g'risida murojaat qoldirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Soliq boshqarmasida hozirda 78 140 3232 raqamidagi call-markazi tashkil etilgan bo'lib, murojaatchilar shu orqali ichki raqamga ulanishlari yoki operator bilan bog'lanishlari mumkin. Lekin qo'ng'iroqlar soni bir vaqtning o'zida 20 dan ortganida tarmoq band bo'lib, bog'lanish imkoni bo'lmaydi.

Shuningdek, call-markaz dushanbadan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha qo'ng'iroqlarga javob beradi. 

☎️Soliq boshqarmasi call-markazi qariyb olti oy mobaynida jami 327 726 ta murojaatlarni qabul qilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #yashil_makon

🌿So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Boisi ko'chat ekish, bog' yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri hisoblanadi. Ana shu an'analarimizning bardavomligi esa bugungi islohotlarimizda namoyon bo'lmoqda.

Xususan, Olmazor tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish yuzasidan 4-sektor hududiga qarashli joylarda manzarali daraxt va gul ko'chatlari ekildi. Quvonarlisi, mahalla fuqarolari ham ushbu xayrli ishlarga o'z hissalarini qo‘shishga intilishmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas.

Mahmud az-Zamaxshariy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-oktabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 октября 2023 года - последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период,
предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

10-bob. Soliq majburiyatini bajarish

93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda soliq majburiyatini bajarish

Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan e’tiboran ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha soliq majburiyatlarini bajaradi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #korrupsiya

Yangiliklar 24 | Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasidagi targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#foyda_soligi

❗️Ma’lumot uchun. Prezident Qaroriga ko‘ra foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgan.
👉PQ-292 04.09.2023
__________
#налог_на_прибыль

❗️К сведению. В соответствии с Постановлением Президента предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов
👉№ ПП-292 от 04.09.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga:

🔸soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo'yicha 99,4 mlrd so‘m;
🔸kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha 311,9 mlrd so‘m miqdoridagi qarorlar bekor qilindi.
__________
#цифровизация #обжалование

Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков решения:

🔸по налоговым аудитам и выездным налоговым проверкам на сумму 99,4 млрд сумов;
🔸по камеральным налоговым проверкам на сумму 311,9 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening
🗓 24-oktabr kuni
“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится
🗓 24 октября на тему
«Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Sergeli #sayyor_qabul

Yurtimizning tuman va mahallalari kesimida o'tkazib kelinayotgan ommaviy sayyor qabullar jarayonida muammolari bartaraf etilayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda.

Joriy yilning 23-oktabr kuni Sergeli tumanida Toshkent shahar 4-sektor rahbarining o'rinbosari tomonidan yashash sharoiti og'ir, bemor va himoyaga muhtoj 60 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 30 ga yaqini joyida hal etildi.

Shuningdek, tadbirda kelib tushgan muammoli masalalar, asosan, kadastr, tibbiy muolaja va bir martalik moddiy yordam mablag'i olish bilan bog'liq bo'lib, o'rganish qo'shimcha vaqt talab qiladigan masalalar bo'yicha mas'ullarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram