TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.06K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
🇺🇿 Til — millat g‘ururi

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Shu davr mobaynida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta'minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi. 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

Ko‘p asrlik tarixga ega Ona tilimiz millatimizning ruhiga singgan, og‘zaki va yozma muomala vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan eng qadrli va ahamiyatli boyligimizdir!

Ona tilimizda so‘zlashuvchilar soni ko‘paysin va o‘zbek tili dunyo tillari qatorida o‘zining mustahkam o‘rni hamda nufuziga ega bo‘lsin!

Aziz vatandoshlar, O‘zbek tili bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

🔷Betakror ona tilimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim #bayram

🔹21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu nuqtai nazardan har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanadi.

Kuni kecha Olmazor tumani "Xislat" MFY xududida joylashgan 120- MTMda "Ona tilim – jonu dilim" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib utdi. Unda tuman 4-sektor xodimlari, mahalla va xotin-qizlar faollari ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabriklashdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidagi savdo kompleksida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #yashil_makon

🌱Yurtboshimizning "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 21-oktabr kuni Bektemir tumani "Iyk ota" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida saf yig'ini bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari, tuman sektor rahbarari va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida tuman hududiga 5 100 ta daraxt ko'chatlarni ekish ishlariga start berilib, 1-dekabrga qadar jami 10 000 tup ko'chat ekishi rejalashtirilib olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan:

🔹Soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.

Eslatma!
2022-yilda Xorazm viloyatida mazkur amaliyot boʻyicha eksperiment oʻtkazilgan edi.

🔹Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023 y.)

bunga qadar tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantirilardi.

Mazkur qaror bilan 20.11.2020-yildagi VMQ-736-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, “Soliq toʻlovchining tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

👉 VMQ-548 18.10.2023
—————————————-
#новое_в_законодательстве

Некоторая налоговая отчетность будет формироваться налоговыми органами автоматически

Согласно Постановлению Кабинета Министров с 1 января 2024 года:

🔹по выбору налогоплательщиков внедряется порядок автоматического формирования налоговыми органами налоговой отчетности по НДС, налогу с оборота, налогам на имущество и землю юридических лиц. При этом налогоплательщик или его уполномоченный представитель подтверждает правильность и полноту сформированной налоговыми органами налоговой отчетности, либо, переоформив отчетность, представляет ее в налоговые органы.

Напоминаем!
В 2022 году такая практика в порядке эксперимента проводилась в Хорезмской области.

🔹срок внесения исправлений в технические ошибки при оформлении чеков продажи будет продлен до следующего периода представления налоговой отчетности (с 20.10.2023 г.).

До этого корректировка чеков осуществлялась не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.

Данным постановлением внесены изменения и дополнения в ПКМ-736 от 20.11.2020 г. и утверждено Положение «О порядке формирования налоговой отчетности налоговыми органами по выбору налогоплательщика».

👉ПКМ 548 от 18.10.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads