TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
13K photos
1.38K videos
75 files
5.34K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#onatilimfaxrim

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili
xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi,
shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.

O‘zbek tili
xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
🇺🇿 Til — millat g‘ururi

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Shu davr mobaynida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta'minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi. 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

Ko‘p asrlik tarixga ega Ona tilimiz millatimizning ruhiga singgan, og‘zaki va yozma muomala vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan eng qadrli va ahamiyatli boyligimizdir!

Ona tilimizda so‘zlashuvchilar soni ko‘paysin va o‘zbek tili dunyo tillari qatorida o‘zining mustahkam o‘rni hamda nufuziga ega bo‘lsin!

Aziz vatandoshlar, O‘zbek tili bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

🔷Betakror ona tilimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim #bayram

🔹21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu nuqtai nazardan har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanadi.

Kuni kecha Olmazor tumani "Xislat" MFY xududida joylashgan 120- MTMda "Ona tilim – jonu dilim" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib utdi. Unda tuman 4-sektor xodimlari, mahalla va xotin-qizlar faollari ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabriklashdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidagi savdo kompleksida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #yashil_makon

🌱Yurtboshimizning "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 21-oktabr kuni Bektemir tumani "Iyk ota" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida saf yig'ini bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari, tuman sektor rahbarari va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida tuman hududiga 5 100 ta daraxt ko'chatlarni ekish ishlariga start berilib, 1-dekabrga qadar jami 10 000 tup ko'chat ekishi rejalashtirilib olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram