TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#oʻquv_mashgʻulot

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga soliq solish maslahati bo'limi tomonidan joriy yilning 20-oktabr kuni kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Tadbirda soliq ma'murchiligiga kiritilishi ko'zda tutilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma'lumot almashilib, sohadagi muammolar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat intizomi, qonun asosida xizmat ko'rsatish, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha ham muhim maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mulk_soligi #yer_soligi

O‘z vaqtida to‘lanmagan mol-mulk va yer soliqlari uchun penya hisoblanadi

16-oktabr mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning muddati tugadi.

O‘zbekistonda oktabr oyi holatiga:
🔹7 764 092 nafar mol-mulk solig‘i to‘lovchisi (o‘tgan yilga nisbatan 107 824 nafarga ko‘p);
🔹6 829 688 nafar yer solig‘i to‘lovchisi (o‘tgan yilga nisbatan 100 677 nafarga ko‘p) hisobga olingan.

Ular tomonidan mahalliy budjetlarga (20-oktabr holatiga);
▫️1,1 trln so‘m mol-mulk solig‘i;
▫️2,2 trln so‘m yer solig‘i to‘landi.

Biroq, ushbu soliqlar bo'yicha 1,5 trln so'm miqdorida qarzdorlik to‘lanmasdan qolmoqda. Shundan 563,1 mlrd so‘mi budjet, nodavlat notijorat va tijorat tashkilotlarida rasman band bo‘lgan va daromad oluvchi xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Soliqlardan qarzi mavjud fuqarolarning uyali telefonlariga SMS-xabarnomalar yuboriladi. Unda soliq obyekti, stavkasi va miqdori haqida batafsil maʼlumotlar aks ettirilgan toʻlov xabarnomalariga hamda soliqlarni toʻlash mumkin boʻlgan Soliq mobil ilovasiga havola mavjud.

Ma'lumot uchun mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan 2 002 502 nafar, yer solig‘i imtiyozlaridan esa 276 024 nafar fuqaro foydalanmoqda.
_____________
#налог_на_имущество #земельный_налог

За несвоевременную уплату налогов на имущество и землю начисляются пени

16 октября истек срок уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю.

По состоянию на октябрь в Узбекистане:
🔹7 764 092 плательщика налога на имущество (на 107 824 больше, чем в прошлом году);
🔹6 829 688 плательщиков земельного налога (на 100 677 больше, чем в прошлом году).

Ими в местные бюджеты уплачено (по состоянию на 20 октября):
▫️1,1 трлн сумов налога на имущество;
▫️2,2 трлн сумов земельного налога.

Однако остается непогашенной задолженность по этим налогам в размере 1,5 трлн сумов. Из них 563,1 млрд сумов - у официально трудоустроенных и имеющих доход сотрудников бюджетных, негосударственных некоммерческих и коммерческих организаций.

Напоминаем❗️За каждый день просрочки начисляются пени по процентной ставке 0,047% от неуплаченной суммы налога (1/300 от 14% ставки рефинансирования ЦБ РУз).
👉ст.110 НК

Тем, у кого имеется налоговая задолженность, направлены SMS-уведомления на мобильные телефоны. В них есть ссылка на платежные извещения с подробной информацией об объекте, ставке и сумме налога и ссылка на мобильное приложение Soliq, через которое можно уплатить налоги.

Для информации. Льготами по налогу на имущество воспользовались 2 002 502 физлиц, по земельному налогу - 276 024 физлиц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onatilimfaxrim

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili
xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi,
shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.

O‘zbek tili
xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
🇺🇿 Til — millat g‘ururi

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Shu davr mobaynida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta'minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi. 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

Ko‘p asrlik tarixga ega Ona tilimiz millatimizning ruhiga singgan, og‘zaki va yozma muomala vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan eng qadrli va ahamiyatli boyligimizdir!

Ona tilimizda so‘zlashuvchilar soni ko‘paysin va o‘zbek tili dunyo tillari qatorida o‘zining mustahkam o‘rni hamda nufuziga ega bo‘lsin!

Aziz vatandoshlar, O‘zbek tili bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

🔷Betakror ona tilimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim #bayram

🔹21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu nuqtai nazardan har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanadi.

Kuni kecha Olmazor tumani "Xislat" MFY xududida joylashgan 120- MTMda "Ona tilim – jonu dilim" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib utdi. Unda tuman 4-sektor xodimlari, mahalla va xotin-qizlar faollari ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabriklashdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram