TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #obodonlashtirish #mahallabay

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, Yashnobod tumani sektor rahbarlari, kommunal soha vakillari va tegishli tashkilotlar ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida suv ta'minoti quvurlarini ta'mirlash, piyodalar yo'laklarini betonlashtirish, mahalla ichki yo'llarini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sergeli #ochiq_muloqot

🔷Poytaxtimizning Sergeli tumanida sektor rahbarlari tomonidan ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. "Ochiq muloqotdan so'ng" ko'rsatuvining bu galgi sonida ana shunday islohotlar xususida so'z boradi.

🔹Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga soliq solish maslahati bo'limi tomonidan joriy yilning 20-oktabr kuni kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Tadbirda soliq ma'murchiligiga kiritilishi ko'zda tutilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma'lumot almashilib, sohadagi muammolar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat intizomi, qonun asosida xizmat ko'rsatish, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha ham muhim maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram