TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
72 files
4.96K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya hamma zamonlarda ham barcha mamlakatlar taraqqiyoti va ularning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelgan. Shu sababdan yurtimizda ushbu yomon illatga qarshi kurashishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish va xalqaro amaliyotga mos ravishda izchil takomillashtirib borish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi xodimlariga Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari tomonidan tuman hokimi va prokurori taklif etilgan holda "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" mavzusidagi jamoaviy profilaktik tadbir o'tkazildi. Unda tumandagi korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, uning naqadar yomon illat ekanligi, unga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish maqsadida amaldagi huquqiy-normativ hujjatlarning mazmun mohiyati haqida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#foyda_soligi

🔴 Tashkilotimiz AOSni qatʻiy belgilangan summada toʻlaydi. 10-sentabrdan boshlab QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtdi. Sentabr uchun qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanadimi?

🔵 Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi AOS summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

Yaʻni, sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtilganda sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS va umumbelgilangan soliqlar toʻlanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, sentabr oyi uchun 16-oktabrgacha qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanishi kerak.

Oktabr oyidan boshlab qatʻiy belgilangan summada AOS hisoblanmaydi. Faqat QQS va foyda soligʻi toʻlanadi.
__________
#налог_с_оборота

🔴 Наша организация уплачивает налог с оборота в фиксированной сумме. С 10 сентября мы стали плательщиками НДС и налога на прибыль. Будем ли мы уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме за сентябрь?

🔵 При переходе с уплаты налога с оборота в фиксированной сумме на уплату НДС и налога на прибыль в течение налогового периода сумма налога в фиксированной сумме подлежит уплате с учетом последнего календарного месяца, в котором осуществлен переход на уплату этих налогов.
👉ст.470-1 НК

То есть, если Вы перешли с уплаты налога с оборота в фиксированной сумме на уплату НДС и налога на прибыль в сентябре, то за сентябрь уплачивается и налог с оборота в фиксированной сумме, и общеустановленные налоги.

Налогоплательщики налога в фиксированной сумме уплачивают налог ежемесячно равными долями не позднее 15-го числа месяца, следующего за календарным месяцем.
👉ст.470-1 НК

В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), налог с оборота в фиксированной сумме за сентябрь необходимо уплатить до 16 октября.

Начиная с октября налог с оборота в фиксированной сумме не будет начисляться и Вы будете уплачивать только НДС и налог на прибыль.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Axloq qoidalariga bo‘lgan bizning hurmatimiz o‘z burchimizni his qilishimizdir.

Adam Smit

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari

87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi

Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi:
soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘langanda yoki soliq agenti tomonidan o‘tkazib berilganda;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#imtiyoz

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi sohalarda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlaydi:
▫️ chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
▫️ mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
▫️ avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish;
▫️ transport vositalarini taʻmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
▫️ kompyuter xizmatlari;
▫️ maishiy texnika taʻmirlash;
▫️ agro va veterinariya xizmatlari;
▫️ koʻngilochar markazlarda xizmat koʻrsatish.

❗️Bunda ushbu xizmatlarni koʻrsatishdan olinadigan daromad umumiy daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi lozim.

Agar xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlansa, imtiyoz bekor qilinadi.

Soliq hisobotida imtiyoz qanday qoʻllaniladi?

JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining
011-satrida “Ijtimoiy soliq” ustunida Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar summasi (masalan, 1 mln soʻm) koʻrsatiladi.

Hisob-kitobning "Ijtimoiy soliq" ustuni 050-qatorida umumbelgilangan stavka (12%) koʻrsatiladi.

1-ilovaning “Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari” 040-qatorida “Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari” boʻyicha imtiyoz belgilanadi:
Soliq kodeksi 20-qism, 483-modda (imtiyoz kodi 104045).

“Imtiyoz summasi” ustunida daromadning umumiy summasi (1 mln soʻm), “Pasaytirilgan stavka boʻyicha soliq summasi” ustunida esa 1% stavka hisobga olingan holda summa koʻrsatiladi (1 mln so‘mdan 1 % = 10 ming soʻm).

Shundan soʻng, Hisob-kitobning "Jami hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq va SHJBPHga badallar summasi" 090-qatorida imtiyozlar hisobga olingan holda soliq summasi aks etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla #4_sektor

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Mirzo Ulug'bek tumanidagi 4-sektor hududiga qarashli "Habib Abdullayev" mahallasida bo'lib, u yerda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdil hamda mas'ullarga aholi qulayligini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilab berdi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram