TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
82 files
5.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-oktabr

sentabr oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

oktabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за октябрь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

8-bob. Soliq hisoboti

84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati

Soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligʻi

"Bolalar" guruhi solisti Tohir Sodiqov soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash naqadar ahamiyatli burch ekanligi to‘g‘risida yurtdoshlarimizga murojaat yo‘lladi.

Aziz vatandoshlar!
Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktabrga qadar to‘lashni unutmang.

📱Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” mobil (Android yoki iOS) ilovasi orqali ham to‘lashlari mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥3🤩21👏1
#aksiz_soligi

10-oktabr aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉 Soliq kodeksi 292-293-moddalari

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan ushbu soliq hisobotini toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma soliq.uz saytining "Soliq hisobotlari" sahifasiga joylangan.

💻 Unda aksiz soligʻi hisob-kitobinining:
🔹Advalor stavkalar;
🔹Qatʼiy stavkalar;
🔹Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar boʻyicha
toʻldirish tartibi batafsil koʻrsatib berilgan.

Soliq stavkalari hamda tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi soliq toʻlovchi tomonidan tanlanadi.

🗓 Hisob-kitoblar ushbu soliqni toʻlovchilari tomonidan har oyda oʻsib boruvchi yakunsiz, alohida tartibda va soʻmda toʻldiriladi.

📜 Aksiz soligʻi hisobotini toʻldirish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA

👉 Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar

👉
2023-yil uchun aksiz solig‘i stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla

Miroz Ulug'bek tumanidagi mahallalarda "Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla" dasturi asosida sektor rahbarlari hamda tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#EHF

- Biz kontragentimizga QQS guvohnomasi amalda bo‘lmagan davrda EHF yuborganmiz. Endi ular QQSni hisobga olish uchun tuzatuvchi EHF yuborishimizni so‘ramoqda. Bu holatda nima qilishimiz kerak?

Guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi.
👉 Soliq kodeksi 266 (1)-modda

❗️Ushbu norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Shundan kelib chiqib, agar kontragentingizga QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan davrda EHF yuborgan bo‘lsangiz, uning guvohnomasi amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, QQSni hisobga olish uchun ushbu EHFga tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish huquqiga egasiz.

Tuzatilgan hisobvaraq-faktura quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
▫️tuzatilganligini bildiruvchi belgi;
▫️tartib raqami va sanasi. Bunda tuzatilgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi avval berilgan EHFning raqami va sanasi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
👉 VMQ-489-son 46-band 2- Ilova. 14.08.2020 y.

Ma'lumot uchun. Joriy yilning sentabr oyida QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilindi (soxta yoki qalbaki bitimlar (operatsiyalar) aniqlangan hollar bundan mustasno).
__________
#ЭСФ

- Мы выставили счета-фактуры нашим контрагентам в период неактивности их свидетельства НДС. Теперь они обратились с просьбой выставить им корректировочные ЭСФ, чтобы они смогли принять к зачету сумму НДС. Как нам быть в таком случае?

-
Сумма НДС, уплаченная (подлежащая уплате) по фактически полученным товарам (услугам), которая не принята к зачету в связи с приостановлением действия свидетельства, в случае возобновления действия свидетельства подлежит отнесению в зачет у налогоплательщика и его покупателей с даты приостановления свидетельства.
👉ст.266(1) НК

❗️Данная норма вступила в силу с 1 января 2023 года.

Таким образом, если вы выставляли ЭСФ контрагентам в период, когда действие их свидетельства НДС приостанавливалось, вы вправе оформить исправленные счета-фактуры к этим ЭСФ для отнесения суммы НДС к зачету в том случае, если действие свидетельства НДС контрагентов было возобновлено.

Исправленный счет-фактура должен содержать:
▫️отметку о том, что он является исправленным;
▫️порядковый номер и дату. При этом номер и дата исправленного счета-фактуры должны быть идентичны номеру и дате ранее оформленного счета-фактуры.
👉п. 46 Прил. № 2 к ПКМ № 489 от 14.08.2020 г.

К сведению. В сентябре этого года порядок приостановления действия Свидетельства о прохождении специальной регистрации по НДС отменен (кроме случаев, когда выявляются притворные или мнимые сделки (операции)).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

SAVOL:
Moliyaviy sanksiyalar nima?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasi 1 va 2-qismlariga asosan:
moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.
Moliyaviy sanksiyalar soliq Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
#Sergeli #mahalla_yettiligi #uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i "mahalla yettiligi" tizimini samarali tashkil etishda soliq xizmati xodimlarining ulushini oshirish maqsadida Sergeli tumani soliq inspeksiyasida uchrashuv o'tkazdi.

Tadbirda "yettilik tizimi" doirasida tadbirkorlik subyektlariga borib, ulardagi kamchilik hamda muammolarni bartaraf etishga ko'maklashish, soliq to'lovchilarni tizimda amalga oshirilayotgan yengillik va imtiyozlardan xabardor qilish, byudjet tushumlarini ta'minlash, qonun doirasida ochiq faoliyat olib borish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2👏1😁1
#Mirzo_Ulugbek #mahalla_yettiligi #uchrashuv #mahallabay

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan "yettilik tizimi"ga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazib, tumandagi "Shahriobod" mahallasida ushbu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlarni nazoratdan o'tkazdi.

Boshqarma boshlig'i mas'ullar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektiga borgan holda soliq to'lovchilarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga shaxsan ko'maklashdi hamda "mahalla yettiligi"dagi soliq xizmati faoliyatini to'g'ri tashkil etish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatma va topshiriqlar berdi. Shuningdek, barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholi talabidan kelib chiqib amalga oshirilayotgani, buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani ta’kidlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍4👏2