TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
72 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchtepa #mahalla_yettiligi #uchrashuv

🔷Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 sentyabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “mahalla yettiligi”ni tashkil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta’kidlandi hamda “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov rahbarligida Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda xodimlarga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish kabi dolzarb masalalarda ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 5-oktabr kuni “Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 5 октября на тему «Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю».

Прямой эфир – на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deganda qanday holat tushuniladi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 216-moddasi 2-qismiga asosan soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb e'tirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilgan shaxs bu choralar qo‘llanilgan kundan e'tiboran bir yil ichida bunday huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan bo‘lsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=vprGOH4LTlo
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю».

🌐 Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=vprGOH4LTlo

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#sayyor_qabul #raqamlashtirish

Sayyor qabullarda 6 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-oktyabr oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan Toshkent shahri bo‘yicha o‘tkazilgan 518 ta sayyor qabulda 7 012 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️
hal etilgan6 462 ta (92,2%);
▫️tushuntirish berilgan 461 ta (6,6%);
▫️o‘rganish jarayonida87 ta (1,2%);
▫️rad etilgan2 ta (0,04%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍
Yashnobod tumani – 44 ta;
📍Sergeli tumani – 44 ta;
📍Bektemir tumani – 43 ta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #uchrashuv #mahalla_yettiligi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov rahbarligida Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida "mahalla yettiligi"ni samarali tashkil etishda Soliq xizmati xodimlarining vazifalarini belgilab olish bo'yicha uchrashuv tashkil etildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hayo deb, ishda, so‘zda adabga rioya qilmakni aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurg‘on bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdur.

Abdulla Avloniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlari uchun soliq imtiyozlari

🔹JSHODSdan imtiyozlar:

▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

▫️Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

🔹Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar:

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan;
👉PQ-2660 17-band “a” kichik bandi 22.11.2016

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉PQ‑1902 4-band 3-xatboshi 04.01.2013

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 x 80 = 78,4 mln soʻm.
__________
#налоговые_льготы

Налоговые льготы для ипотечных кредитов

🔹От налога на доходы физических лиц освобождаются суммы заработной платы и другие доходы налогоплательщика, направляемые на погашение ипотечных кредитов и начисленных на них процентов, если:

▫️они получены с учетом выделенной субсидии из бюджета, при этом от налога освобождаются доходы в размере до 80 МРОТ* в год;

▫️они получены супругами, являющимися молодыми семьями, до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Если недвижимое имущество, приобретенное после 1 января 2023 года за счет ипотечного кредита, будет отчуждено в течение 36 месяцев, действие налоговой льготы аннулируется с восстановлением обязательств по уплате налога за весь период применения налоговой льготы.

👉п.16 ст.378 НК

*минимальный размер оплаты труда – 980 000 x 80 = 78,4 млн сумов.

🔹От уплаты налога на имущество освобождаются:

▪️сроком до 1 июля 2020 года физические лица (заемщики) по приобретенным квартирам до погашения ими ипотечного кредита, предоставленного в рамках реализации Программы по строительству и реконструкции энергоэффективных доступных многоквартирных домов в городах на 2017 — 2020 годы АКИБ «Ипотека банк», АКБ «Узпромстройбанк» и АКБ «Асака банк»;
👉подпункт а) п.17 № ПП-2660 от 22.11.2016 г.

▪️до 1 июля 2020 года физические лица по приобретенным жилым домам в рамках Программы по строительству индивидуального жилья по типовым проектам в сельской местности, до погашения ими ипотечного кредита.
👉п.4 № ПП-1902 от 04.01.2013 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

8-bob. Soliq hisoboti

82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shaklda qog‘oz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo‘yicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #uchrashuv #korrupsiya #mahalla_yettiligi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida Chilonzor tumani soliq inspeksiyasida "mahalla yettiligi" tizimini samarali tashkil etish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda korrupsion holatlarni bartaraf etish, ish faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tarzida olib borish, xizmat intizomi, shuningdek, "yettilik tizimi" asosida Soliq xizmati xodimlarining mas'uliyati yanada ortganligi sababli joylardagi tadbirkorlik subyektlarini izchil tarzda o'rganib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etishda ko'maklashish, soliq bazasini kengaytirish, tushumlarni o'z vaqtida jalb etish, vakolat doirasidan chetga chiqmaslik yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berildi hamda bu bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram