TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ortiqcha narsalardan voz kechgan odam muhtojlikdan xalos bo‘lgan odamdir.

I. Kant

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

7-bob. Soliq hisobi

76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari

Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig‘imlarni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq to‘lovchi yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 414 ming ta shartnoma hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-sentabr holatiga soliq organlarida 414 055 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 290,7 mingta ijara shartnomasi asosida 77,6 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 35,3% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 21,4% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 123,3 mingta ijara shartnomasi asosida 465,7 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 2,8% va hisoblangan soliq summasi 28,2% ga oshgan.

Talabalar bilan 50,5 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni qariyb 81 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 27 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано 414 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 сентября 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 414 055 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 290,7 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 77,6 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 35,3%, а сумма начисленного налога - на 21,4%.

На основании 123,3 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 465,7 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 2,8%, а сумма начисленных налогов - на 28,2%.

Со студентами заключено 50,5 тыс. договоров аренды жилья, где проживает в общей сложности почти 81 тысяча студентов.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 27 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning soliq qarzi qanday undiriladi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 125-moddasi 1-qismiga asosan, agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

👉 Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Davlatingdan ayrilsang — ko‘p narsa yo‘qotmaysan, nomusingdan ayrilsang — ancha narsa yo‘qotasan, mardligingdan ayrilsang — hamma narsangdan mahrum bo‘lasan.

I. Gyote

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

7-bob. Soliq hisobi

77-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati

Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda hisob siyosati ixtiyoriy shaklda tasdiqlanadi va unda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
1) agar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi yoki soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan soliq registrlarining shakli va ularni tuzish tartibi;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉
Soliq kodeksi 423-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari
__________
#налог_на_имущество

Физические лица уплачивают налог на имущество равными долями до 15 апреля и 15 октября
👉ст.423 НК

Объектом налогообложения налога на имущество являются находящиеся на территории РУз:
▫️жилые дома, квартиры, дачные строения;
▫️объекты недвижимого имущества нежилого назначения, предназначенные для извлечения дохода;
▫️объекты незавершенного строительства нежилого назначения;
▫️машино-место, неразрывно связанное с многоквартирным домом;
▫️иные строения, помещения и сооружения.
👉ст.419 НК

👉Ставки налога на имущество в 2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliqlarni_tolash

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Ushbu soliqlarini "
Soliq" mobil ilovasida tez va oson to‘lashingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qachondan e'tiboran Soliq kodeksga muvofiq emas deb topiladi?
Anonymous Quiz
33%
Kuchga kirgan sanasidan
26%
Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilgan sanasidan
11%
Qabul qilingan sanasidan
30%
To'g'ri javob yo'q
#hamkorlik

Huawei bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasida “Huawei Tech Investment Tashkent” MCHJ delegatsiyasi va qoʻmita mutaxassislari uchrashuvi tashkil etildi.

Unda mehmonlar tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish boʻyicha loyihalar va AKT sohasida mahalliy hamda xalqaro darajada olib borilayotgan hamkorliklar boʻyicha taqdimot qilindi.

Shundan soʻng, AKTdan keng foydalanishda kompaniya va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida istiqbolli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusida sohaga Big Data va sunʼiy intellekt texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar salohiyatini oshirish, soliq toʻlovchilar uchun yangi innovatsion xizmatlarni joriy qilish yuzasidan muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sergeli #saxovat_va_komak

🔷Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida sodir bo'lgan favqulodda hodisadan so'ng manzilga barcha rasmiy davlat idora va tashkilotlari qatorida soliq xizmati organi xodimlari ham yetib bordi.

Ayni damda jabrlangan aholi uchun 3 mahal issiq taom yetkazish, birinchi tez tibbiy tibbiy yordam ko'rsatish, voqea oqibatida yetkazilgan zararni baholash, ro'yxatga olish va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan qilinayotgan ishlar jadal sur'atda davom ettirilmoqda.

Ushbu jarayonga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida poytaxtimizning barcha tuman soliq inspesiyalaridan xodimlar jalb etilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram