TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.3K photos
1.32K videos
73 files
5K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #korrupsiya

🟢Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi va huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan huquqiy ong va madaniyatni oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tizimda bunday illatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan korrupsion holatlarni bartaraf etish, ish faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tarzida olib borish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida soha xodimlariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla

🔷No comment

📍Mirzo Ulug'bek tumani "Ijodkor" MFY

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #4_sektor #uchrashuv #xavfsiz_mahalla

🔹Uchtepa tumani 4-sektor hududidagi "Vatanparvar" MFY binosida tuman sektor rahbarlari hamda boshqa idora va tashkilotlar vakillari tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida joylarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida"gi qo‘shma qaror mazmun-mohiyati bilan tanishtirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir bosh mavzusi mahallada oilalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar bo‘ldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat qo'ynidagi uchrashuv xotin-qizlarning  ish samaradorligini oshirib, ish faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Buyuk muvaffaqiyatlar qat'iyat va qunt-matonatning natijasidir.

S. Jonson

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_kodeksi

6-bob. Soliqlarning elementlari

69-modda. Soliqlarning elementlari

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni to‘lash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #soliqchi_koʻmakchi

❇️"Ochiq muloqot" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Yunusobod tumanida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, soliq sohasida tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida so'z bordi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram