TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.33K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Fiskal instituti huzuridagi Toshkent soliq texnikumiga o‘qishga marhamat!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

67-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda solig‘ini to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_texnikumi

Soliq texnikumlariga o‘qishga marhamat!!!

📍 Fiskal instituti huzuridagi Toshkent soliq texnikumi 11-sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

🔸Soliq va soliqqa tortish;
🔸Bank ishi;
🔸Buxgalteriya hisobi va audit;
🔸Moliya.

O‘qish muddati – 2 yil
📚 Ta'lim shaklikunduzgi va sirtqi

🌐 Soliq texnikumiga o‘qishga kirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.

☝️Texnikumni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar mos bakalavriyat yo'nalishi bo'yicha OTMlarga yakka tartibdagi suhbat asosida ikkinchi kursdan tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

📞 Murojaat uchun telefon:

Toshkent soliq texnikumi – 71 274 42 69
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – Soliq huquqbuzarliklari uchun moliyaviy sanksiyalar, soliq imtiyozlari va QQS qaytarish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi.
👉PQ-300 11.09.2023

Hujjatga koʻra:

2023-yil 1-oktabrdan

🔹
tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 mln soʻmdan yuqori boʻlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qoʻllaniladi.

2024-yil 1-yanvardan

🔹“Izlanish va rivojlanish” (R&D)
markazlari tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatda mol-mulk, yer soliqlari va xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorida toʻlaydi.

🔹jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni toʻliq qaytarib berish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:
▪️xorijiy turistlarga – Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida Oʻzbekiston hududida sotib olingan va “Tax free” tizimi boʻyicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
▪️tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida koʻrsatilgan eksport xizmatlari uchun.

🔹“Mahalla budjeti” tizimi shahar va tumanlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda tuman va shahar byudjetiga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, daromadi 1 mln soʻmdan oshmaydigan fuqarolarni daromad soligʻidan ozod qilish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi.
Mazkur meyoriy hujjat amaliyotga joriy qilingach 1,3 mlnga yaqin fuqaro ixtiyorida oʻrtacha bir oyda 84 mlrd soʻm, 1 yilda qariyb 1 trln soʻmga yaqin mablagʻ qoladi.
__________
#новое_в_законодательстве

Стратегия "Узбекистан – 2030":
о финансовых санкциях за правонарушения, налоговых льготах и возврате НДС

Принято Постановление Президента Республики Узбекистан “О мерах по качественной и своевременной реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в 2023 году”.
👉№ПП-300 от 11.09.2023 г.

Согласно документу:

С 1 октября 2023 года

🔹финансовые санкции
за налоговые правонарушения в размере свыше 10 млн сумов будут применяться к субъектам предпринимательства исключительно в судебном порядке в случаях, когда субъект предпринимательства оспаривает факт правонарушения.

С 1 января 2024 года

🔹Центры изысканий и развития (R&D)
на срок 3 года начиная со дня создания будут уплачивать 1% суммы, начисленной по налогу на имущество и земельному налогу, а также социальный налог за своих работников в размере 1%;

🔹расширяется система возврата физическим и юридическим лицам НДС в полном размере за счет:
▪️зарубежных туристов – за продукцию, приобретенную на территории РУз и оформленную по системе «Tax free», в международных аэропортах РУз;
▪️туроператоров – за экспортные услуги в рамках договоров с зарубежными контрагентами;

🔹во всех районах и городах республики поэтапно внедряется система «Махаллинский бюджет». При этом в фонды по решению социально-экономических проблем махалли будет направляться часть налоговых поступлений, поступающих в бюджеты районов и городов.

Вместе с тем, поручено разработать законопроект об освобождении от налога на доходы граждан, доходы которых не превышают 1 млн сумов. После внедрения в практику данного нормативного документа в распоряжении около 1,3 млн граждан в среднем будет 84 млрд сумов в месяц и почти 1 трлн сумов в год.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozlari

Toshkent shahar soliq boshqarmasida muhtaram Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati bilan tadbirkorlarni tanishtirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirish davom etishi ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlar belgilangan vazifalarni tatbiq qilish bo‘yicha tuzilgan “yo‘l xaritasi” bilan tanishtirilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek  #obod_mahalla

Mirzo Ulug'bek tumani "Ijodkor" mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i, tuman hokimi hamda tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari jarayonidan fotoreportaj.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram