TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek  #obod_mahalla #obodonlashtirish

🔷O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Mirzo Ulug'bek tumani "Ijodkor" mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i, tuman hokimi hamda tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati tarkibidan poytaxt hududiga o'tqazilgan ushbu mahallaga obodonlashtirish sohasidagi barcha korxona va tashkilotlar, 300 ga yaqin ishchilar, 20 ga yaqin maxsus texnikalar jalb etilib,  suv ta'minoti, oqava tizimi, elektr energiyasi, eskirgan simyog'ochlarni yangisiga almashtirish, noqonuniy tarzda o'zboshimchalik bilan qurib olinishi natijasida ichki yo'llarda harakatlanishga xalaqit beradigan obyektlarni tartibga keltirish, mahalla idoralarini ta'mirlash, shuningdek,  hududda to'planib qolgan tonnalab axlatlarni chiqindi poligoniga yuborish, qurigan butalarni tozalash, daraxtlarga shakl berish bilan bog'liq masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Shuningdek, soliq boshqarmasi tomonidan hasharchilarga qozonda osh damlanib, dasturxon yozildi. 

Bir so'z bilan aytganda, "Ijodkor" mahallasi yurtimizning obod manzillaridan biriga aylanib borayapti.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hamkorlik

Oʻzbekistonning keshbek tizimini joriy etish tajribasi Qirgʻizistonlik mutaxassislar qiziqish doirasida

Qirg‘iz Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan Soliq qo‘mitasida bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar O‘zbekistonning soliq ma’muriyatchiligi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqda.

Xarid qilingan tovarlar qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tizimi (keshbek), Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidan foydalanish, shuningdek, IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash qo‘shni respublikadagi hamkasblar uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

Yig‘ilishlarda faoliyatning qonunchilik jihatlari va pul mablag‘larini qaytarish mexanizmlari, “Soliq” mobil ilovasini texnik qo‘llab-quvvatlash va boshqa resurslar va xizmatlar muhokama qilinmoqda.

Malumot uchun. Oʻtgan yilidan boshlab Qirgʻizistonda Davlat soliq xizmatining "Chekni talab qiling - sovrin yutib oling!" yutuqli lotereya o‘yini oʻtkazilmoqda. O‘zbekistonda bunday sovrinli o‘yinlar 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan.
__________
#сотрудничество

Специалистов из Кыргызстана заинтересовал опыт Узбекистана по внедрению системы кешбэка

В Налоговом комитете с трехдневным визитом пребывает делегация Государственной налоговой службы при Министерстве финансов Кыргызской Республики.

Специалисты изучают успешный опыт Узбекистана по модернизации системы налогового администрирования.

Особый интерес для коллег из соседней республики представляет система возврата физическим лицам части суммы от стоимости приобретаемых товаров (кешбэка), применение Единого электронного национального каталога продукции, а также разработка и сопровождение внедряемых IT-продуктов.

На встречах обсуждаются законодательные аспекты функционирования и механизмы реализации возврата денежных средств, техническая поддержка мобильного приложения Soliq и других ресурсов и сервисов.

Для справки. С середины прошлого года в Кыргызстане проводится стимулирующая лотерея Государственной налоговой службы «Требуй чек – выиграй приз!». В Узбекистане такие призовые игры проходили в 2020-2021 гг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Sening qandaydir noto‘g‘ri ishlaringni hech kim bilmasligini istasang, bunday ishlarni hech qachon qilma.

R. Emerson

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Fiskal instituti huzuridagi Toshkent soliq texnikumiga o‘qishga marhamat!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

67-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda solig‘ini to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_texnikumi

Soliq texnikumlariga o‘qishga marhamat!!!

📍 Fiskal instituti huzuridagi Toshkent soliq texnikumi 11-sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

🔸Soliq va soliqqa tortish;
🔸Bank ishi;
🔸Buxgalteriya hisobi va audit;
🔸Moliya.

O‘qish muddati – 2 yil
📚 Ta'lim shaklikunduzgi va sirtqi

🌐 Soliq texnikumiga o‘qishga kirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.

☝️Texnikumni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar mos bakalavriyat yo'nalishi bo'yicha OTMlarga yakka tartibdagi suhbat asosida ikkinchi kursdan tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

📞 Murojaat uchun telefon:

Toshkent soliq texnikumi – 71 274 42 69