TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchrashuv #soliqchi_koʻmakchi

🔷Soliq qo'mitasi Raisi tomonidan hududlar kesimida soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, u yerdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tizimdagi ayrim kamchiliklarni to'g'rilash, reja asosida berilgan vazifalarni o'z muddatida yakuniga yetkazish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berilgan edi.

Shu nuqtai nazardan, Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i ishtirokida poytaxtimizning barcha tumanlaridagi soliq inspeksiyasi xodimlari bilan muhokamaviy uchrashuvlar tashkil etilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirlarda Prezidentimiz tomonidan tatbiq etilayotgan soliq sohasiga oid yangiliklarni o'z vaqtida tadbirkorlarga yetkazish, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasida ularga amaliy yordam ko'rsatish, mahalla darajasida faoliyat yuritishga yanada ko'proq ahamiyat qaratish, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, byudjet tushumlarini ta'minlashda samaradorlikni oshirish bo'yicha muhim ko'rsatma va topshiriqlar berilib, kerakli chora-tadbirlab belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#imtiyoz

Nodavlat oʻquv markazlari qanday soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin?

Agar Nodavlat oʻquv markazlari, davlat taʼlim hamda oʻquv dasturlar talablariga rioya etilgan holda faoliyat yuritsa, u holda ushbu markazning oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlari realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi QQSdan ozod etiladi.
👉 Soliq kodeksi 243-modda 1-qism 10-band

Agar taʼlimga oid xizmatlarning daromadi jami yillik daromadni kamida 90 foizini tashkil etsa, u holda foyda soligʻining “0” foizli stavkasini qoʻllashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 337-modda, 1-qism 4-band

Mol-mulk soligʻi hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi taʼlim obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda;
❗️Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati – ushbu mol-mulkning boshlang‘ich qiymati bilan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Taʼlim obyektlari egallagan yerlarga yer soligʻi solinmaydi.
❗️Ushbu imtiyoz belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
👉 Soliq kodeksi 428-modda
___________
#льготы

Какими налоговыми льготами могут воспользоваться негосударственные учебные центры?

Если негосударственные учебные центры осуществляют деятельность с соблюдением требований государственных образовательных и учебных программ, то их оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования) освобождается от НДС.
👉п.10 ст.243 НК

Если доходы учебных центров от оказания образовательных услуг составляют не менее 90% их совокупного годового дохода, то они вправе применять нулевую ставку налога на прибыль.
👉п.4 ч.1 ст.337 НК

При исчислении налога на имущество объектов образования налоговая база уменьшается на среднегодовую остаточную стоимость (среднегодовую стоимость).
👉п.1 ч.1 ст.414 НК
❗️Остаточная стоимость недвижимого имущества - разница между первоначальной стоимостью этого имущества и величиной амортизации.
👉ст.412 НК

Земельные участки, занятые объектами образования, не облагаются земельным налогом.
❗️Льгота не распространяется на земельные участки, которые используются не по прямому назначению.
👉ст.428 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish #YTT #fiskal_tahlillar

🔷Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

2023-yil 1-sentyabr
holatiga ko'ra, Toshken shahridagi YTTlar soni 33 046 tani tashkil etgan. Shundan:

🔸61,6 % – Qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
🔸36,0% – AOS to‘lovchi;
🔸2,4 % – QQS to‘lovchi.

📊Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritadigan sohalar kesimi:

🔹Chakana savdo – 19 422;
🔹Hunarmandchilik – 3 161;
🔹Maishiy xizmat koʻrsatish – 2 844;
🔹Boshqa faoliyat turlari – 7 619.

📈2023-yil boshidan buyon 10 747 yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #konstitutsiya

📖Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari joriy yilning 12-sentyabr kuni yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Soliq qo'mitasida o'tkazilgan o'quv seminarida masofaviy video-konferens aloqa orqali ishtirok etdilar.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim.

Abdurahmon Jomiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

66-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari quyidagilarga haqli:
1) konsolidatsiyalashgan guruhning mas’ul ishtirokchisidan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan mas’ul ishtirokchiga taqdim etilgan hujjatlar, qarorlar, talabnomalar, solishtirma dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini olish;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram