TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor #obod_mahalla #soliqchi_koʻmakchi

❇️"Ochiq muloqot" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Chilonzor tumanida sektor rahbarlari tomonidan "obod mahalla" dasturi ijrosi doirasida kuz-qish mavsumiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, tumanda soliq sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlarga ko'rsatlayotgan yordamlar xususida so'z bordi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs #fiskal_tahlillar

🔷Poytaxtimizda yarim yilda 9 mingga yaqin yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan

2023-yil 1-sentabr holatiga Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 98 681 tani tashkil etdi. Shundan 11 854 tasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha

🛒
Savdo 31,1 mingta;
🏭Sanoat 16,9 mingta; 🏗Qurilish5,1 mingta;
🍽
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar3,2 mingta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #soliq_qarzini_undirish

🔷Joriy yilning 11-sentyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida O'zbesiton Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agnetligi, Sud boshqaruvchilarilari assotsiatsiyasi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Toshkent shahar prokuraturasi va soliq boshqarmasi vakillari ishtirokida soliq qarzini qisqartirish yo'nalishida sud qarorlari asosida to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan tadbirkorlik subyektlarining byudjet oldidagi umidsiz soliq qarzini undirish (qisqartirish) borasida tugatish boshqaruvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhokamaviy uchrashuvda uzoq muddatdan buyon tugatilmasdan kelinayotgan to'lov qobiliyatini yo'qotgan korxonalarning sonini qisqartirish, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bankrotlik ishini qonunda belgilangan muddatdan oshib ketmagan holatda tugatish, bunda tugatish boshqaruvchilari tomonidan bankrotlik jarayonida qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, mol-mulkini qidirish, uchinchi shaxslarga o'tkazilgan pul mablag'larini qaytarish va ushbu jarayonlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan xodimlarga muhim topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi.

Sitseron

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

65-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani o‘zgartirish va uning amal qilish muddatini uzaytirish

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda o‘zgartirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma taraflari quyidagi hollarda mazkur shartnomaga o‘zgartishlar kiritishi shart:

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram