TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.88K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.2K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor #uchrashuv

🔷Shundan so'ng Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan soliq sohasidagi masalalar yuzasidan muhokamaviy uchrashuv o'tkazib, yosh mutaxassislarning fikr va takliflarini tingladi hamda ularga ish jarayoni davomida fidoyi tarzda faoliyat ko'rsatish kerakligini bildirdi.

Shuningdek, tadbirda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlaridan so'ng soliq tizimiga kiritilgan yengillik va imtiyozlar bo'yicha soliq to'lovchilarga ma'lumotlar berish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita o'rganib, ijobiy yechim topish, mahalla darajasiga tushgan holda tadbikorlik subyektlariga ko'maklashish bo'yicha muhim ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #korrupsiya

❇️Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Boisi jamiyat ushbu illatdan qanchalik holi bo'lsa, shunchalik ravnaq topishi hech kimga sir emas, albatta.

Jumladan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish masadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan korrupsion holatlarni bartaraf etish, ish faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tarzida olib borish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida soha xodimlariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
▫️bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
▫️toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda
________
#знаете_ли_вы #НДС

Услуги в сфере образования освобождены от НДС

Оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования), включая организацию проведения тестирования и экзаменов, освобождается от НДС. Сюда относятся:

🔹услуги в сфере начального, среднего, среднего специального, технического и профессионального, высшего и послевузовского образования;

🔹услуги по дополнительному образованию, оказываемые образовательными учреждениями (организациями), а также организациями, осуществляющими переподготовку и повышение квалификации кадров;

🔹услуги по присмотру и уходу за детьми в организациях, осуществляющих образовательную и воспитательную деятельность в рамках программ дошкольного образования и воспитания,

🔹услуги по проведению занятий с несовершеннолетними детьми в кружках, секциях (включая спортивные) и студиях.

👉ст.243 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dividend va foiz ko‘rinishidagi daromaddan soliq summasi to‘lov manbaida ushlab qolinmagan taqdirda kim javobgar bo‘ladi?
Anonymous Quiz
59%
Soliq agenti
10%
Soliq organi
25%
Daromad olgan shaxs
6%
To'g'ri javob yo'q
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari bilan joriy yilning 8-avgust kuni kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Dastlab Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvidan keyin soliq ma'murchiligiga kiritilishi ko'zda tutilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma'lumot berilib, sohadagi muammolar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi.

Shundan so'ng Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavsizlik bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, bu yomon illatning oqibatlari, xizmat intizomi, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash masalalari bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #Chilonzor #uchrashuv

🔷Soliq qo'mita raisi o'rinbosari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbarlari poytaxtimiz tumanlaridagi soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #Uchtepa #Yashnobod #soliqchi_koʻmakchi

🔷Poytaxtimiz tuman soliq inspeksiyalarida aholiga xizmat ko'rsatish uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 11-sentabr

avgust oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

sentabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

за сентябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘kmoqdir.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

64-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini ro‘yxatdan o‘tkazish

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1) tashkil etilayotgan konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #uchrashuv

Soliq qo'mitasi Raisi o'rinbosari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbarlari Olmazor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda dastlab tumandagi biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarga to'siq bo'layotgan muammoli masalalarni vaqtida o'rganish va bartaraf etish, tizimda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, ochiq va shaffof tarzda faoliyat yuritib, yashirin iqtisodiyotning ulushini yanada kamaytirish, Soliq qo'mitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida samaradorlikni oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanda mavjud tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, ularga ko'mak ko'rsatish, soliq sohasidagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor qilib borish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram