TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savdo_yarmarkasi #narx_navo

Poytaxtimiz tumanlaridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari narx-navosining barqarorligi va mahsulotlar sifati soliq xizmati va boshqa mas'ul xodimlar tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqildi

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, bot test rejimida ishga tushdi, uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Qullikning eng dahshatli tomoni shu-ki, u bora-bora qoʼlidagi kishanga ham mehr qoʼya boshlaydi.

Vovenarg

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

58-modda. Notijorat tashkilotlar

Qonun hujjatlarida notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:

daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #savdo_yarmarkasi #narx_navo

Mamlakatimizda har bir bayramni ko'tarinki kayfiyatda kutib olish, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari muntazam ravishda faoliyat ko'rsatmoqda.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib maktab o'quv qurollarigacha sotilayotgan bunday yarmarkalardagi tovarlarning sifati va narx-navosi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat qilib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Pensionerlarga mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlar bormi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 421-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq, pensionerlar mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iyul oyi uchun to‘langan keshbek summasi 102,6 mlrd so‘mga yetdi

🔹25-avgustda 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga 86,4 mlrd so‘m;
🔹28-avgustda 1,7 mlndan ortiq iste'molchiga yana 16,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

💳Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 13 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lab beriladi.

♻️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Tovarlar import qilinganda byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi qanday hisoblab chiqariladi?
Anonymous Quiz
11%
Tovar shartnoma qiymatidan kelib chiqib
24%
Tovar faktura qiymatidan kelib chiqib
44%
Bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq
21%
Soliq kodeksiga muvofiq
#tabrik

🇺🇿Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

🔷Ayni kunlarda barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda, xalqimiz hayotida muhim va shonli sanaga aylangan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki kayfiyat va shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.

🔹Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, Vatanimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

🇺🇿Siz, mehnatkash va oqko'ngil xalqimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga, jonajon mamlakatimizga fayzu baraka tilab qolaman.

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_bayrami

O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi mavqeyi yildan yilga yuksalib, jannatmakon diyorimizni dunyo tan olmoqda. Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi muborak bo'lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

Soliq xizmati xodimlari zakovati sinovdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan
Soliq qo‘mitasi xodimlari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Soliq qo‘mitasi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bilimlar bahsida qo‘mita markaziy apparatining 18 ta jamoasi ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan o‘yinda jamoalar bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Intellektual bellashuv natijalariga ko‘ra Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasining “Everest” jamoasi I o‘rinni egallab “Zakovat” kubogi sohibi bo‘ldi.

Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamentining “Yuksalish” jamoasiga II o‘rin, Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamentining “Barkamol” jamoasiga III o‘rin nasib etdi.

Shuningdek, “Zukko ayol”, “Faxriy ishtirokchi” hamda “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha munosib deb topilgan ishtirokchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #mustaqillik_32_yil

🇺🇿Bayramingiz muborak boʻlsin, Aziz yurtdoshlar!

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_32_yil

🇺🇿 “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

Ushbu shior ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan Soliq qoʻmitasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda soliq organlarining barcha hududiy tuzilmalari videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

Dastlab qoʻmita Raisi Sherzod Kudbiyev Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Soliq organlari oldidagi masʼuliyatli vazifalarni bajarishda, erishilayotgan yutuqlarda rahbardan to oddiy inspektorgacha har bir xodimning munosib hissasi borligini taʼkidladi.

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori, Obidjon Turakulovni ushbu mukofot bilan alohida tabrikladi.

Tadbir soʻnggida sanʼatkorlarning chiqishlari tabdir ishtirokchilariga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вақтни – имкониятга, имкониятни – ютуққа, ютуқни тараққиёт пойдеворига айлантира олган халқ – буюк халқдир

Ўзбекистоннинг ҳар бир фарзанди халқимизнинг бирдамлиги, мамлакат яхлитлиги учун курашиб яшашни ўз ҳаётининг маъноси деб билмоғи керак! Биз бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – ватанмиз, – деди Президент.