TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ey yuzung bog‘i nasimida havoyi navro‘z,
La’li tojing bo‘lub ul bog‘da bo‘stonafro‘z.

Zulfu ruxsor ila komimg‘a meni yetkursang,
Har tunung qadr o‘lubon, har kunung o‘lsun navro‘z.

Alisher Navoiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

57-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Korxonamizda oliy o'quv yurtlarining sirtqi bo'limlarida ta'lim olayotgan ishchi-xizmatchilar mavjud. Ularning kontrakt to'lovlari o'zlarining va ota-onalarining ish haqlari hisobidan to'lab berilgan. Ushbu to'lovlar ish haqiga hisoblanadigan daromad to'lovlaridan ozod etilganmi yoki belgilangan tartibda daromad solig'iga tortiladimi?

JAVOB:

Soliq to'lovchining O'zbekiston Respublikasining oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishi o'zining, yigirma olti yoshga to'lmagan farzandlarining (yoki erining xotini) ta'lim olishi uchun yo'naltiriladigan to'lov, soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi va boshqa daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar, deb belgilangan.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #4_sektor #saxovat_va_komak

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida 4-sektor hududidagi qator mahallalarda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Olmazor tumani "Chinniobod" mahallasida "Ayol baxtli bo'lsa, oila baxtli bo'ladi, oila baxtli bo'lsa, jamiyat baxtli bo'ladi!" shiori ostidagi shukronalik bayram-tadbiri bo'lib o'tdi.

Mahalla guzarida tashkillashtirilgan tadbirda xayriya dasturxoni yozilib, yoshi ulug' mehmonlar yurtimiz osoyishtaligi va xalqimiz manfaatlari yo'lida duo qildilar. Shundan so'ng, bayram kuy-qo'shiqlar va bolalar ijrosidagi ko'tarinki kayfiyat ulashuvchi raqslarga ulanib ketdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #savdo_yarmarkasi #narx_navo

Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan barcha dehqon bozorlari hududida bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Xususan, Olmazor tumanidagi Qoraqamish dehqon bozorida ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining arzon narxdagi savdosi yo'lga qo'yilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savdo_yarmarkasi #narx_navo

Poytaxtimiz tumanlaridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari narx-navosining barqarorligi va mahsulotlar sifati soliq xizmati va boshqa mas'ul xodimlar tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqildi

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, bot test rejimida ishga tushdi, uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Qullikning eng dahshatli tomoni shu-ki, u bora-bora qoʼlidagi kishanga ham mehr qoʼya boshlaydi.

Vovenarg

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

58-modda. Notijorat tashkilotlar

Qonun hujjatlarida notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:

daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #savdo_yarmarkasi #narx_navo

Mamlakatimizda har bir bayramni ko'tarinki kayfiyatda kutib olish, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari muntazam ravishda faoliyat ko'rsatmoqda.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib maktab o'quv qurollarigacha sotilayotgan bunday yarmarkalardagi tovarlarning sifati va narx-navosi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat qilib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Pensionerlarga mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlar bormi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 421-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq, pensionerlar mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iyul oyi uchun to‘langan keshbek summasi 102,6 mlrd so‘mga yetdi

🔹25-avgustda 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga 86,4 mlrd so‘m;
🔹28-avgustda 1,7 mlndan ortiq iste'molchiga yana 16,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

💳Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 13 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lab beriladi.

♻️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads