TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷"Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyishidan ko'zlangan bosh maqsad tadbirkorlarga ko'mak berish, qo'llab-quvvatlash va ular duch kelayotgan muammolarga yechim topishdan iborat.

Xususan, soliq xizmati xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hamkorlik

Transfert narxlarni belgilashda xalqaro tajriba

2023-yilning 22-23-avgust kunlari “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasining malakali ekspertlari ishtirokida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Mavzu – “Transfert narxlarni belgilash asoslari: kompaniyalarni tanlashga strategik yondashuv, taqqoslash usullari va bozor bahosini hisoblash”.

Oʻquv kursi davomida “KPMG” ekspertlari ilgʻor xalqaro tajribalar, shu jumladan, transfert narxlarni nazorat qilish usullarini amaliyotdagi misollar bilan tushuntirib berdi.

Soliq organlari xodimlarini mazkur yoʻnalishdagi bilim koʻnikmalarini oshirish maqsadida kelgusida ham “KPMG” ekspertlari ishtirokida oʻquv kurslarini davom ettirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kursi 2021-yilning mart oyida Soliq qoʻmitasi va “KPMG” tomonidan imzolangan Memorandum doirasida tashkil etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷 Respublikamizning tuman va mahallalari kesimida oʻtkazilib kelinayotgan sayyor qabullar jarayonida muammolari bartaraf etilayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda.

🔹Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Tadbirda 4-sektor masʼullari yashash sharoiti ogʻir, bemor va himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan yoʻllangan 32 ta murojaat va takliflarning 15 tasini joyida hal etib, vaqt talab qiladigan boshqa masalalarni oʻrganishni boshlab yubordi.

Jumladan, 5 ta subsidiya, 3 ta safarbarlik chaqiruv rezervi va 6 ta toʻlov kontraktni 50% toʻlab berish sertifikatlari hamda 1 dona nogironlik aravachasi murojaatlar asosida oʻz egalariga topshirildi. Shuningdek, dori-darmon va moddiy yordam soʻragan 17 nafar aholiga koʻmak berish ijrosi ham nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Soliq sohasidagi savolga mutaxassis sharhi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan Sergeli tumani aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi.

🔹Batafsil🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram