TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn-NKT va marketpleys cheklaridagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, joriy yil 17-avgustdan 31-avgustgacha (31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati berilgan.

Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID) sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
▫️chek summasi;
▫️ mahsulot miqdori;
▫️ QQS;
▫️ MXIK;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️ komitent STIR;
▫️ to‘lov turi
(naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy soliq boshqarmalarida tashkil etilgan ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Chek tahrirlash rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib (31-avgustgacha) qayta yuborilishi lozim.

📌Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % (keshbek) qaytarilgan cheklar tahrirlanmaydi.

👉 Xato chop etilgan cheklarni tahrirlash bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:
Yuridik shaxsning ustav jamg'armasidan uning ishtirokchisi o'z ulushini tovar ko'rinishida olib chiqib ketsa, QQSni to'lash majburiyati yuzaga keladimi?

JAVOB:

Yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda), unga ulushini tovar ko'rinishida berish QQS bo'yicha tovarlarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanadi. (Soliq kodeksining 239-moddasi)

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #mahallabay #farmoyish #soliqchi_koʻmakchi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 2023-yilning 22-iyulida "Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyish qabul qilgan edi.

Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan Olmazor tumani soliq inskepsiyasi xodimlari tuman mahallalarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi ishlarni boshlab yubordi.

Mahalla darajasida donabay-korxonabay ishlashdan ko'zlangan asosiy maqsad tadbirkorlaga ko'makchi bo'lib, ularni qiynayotgan iqtisodiy masalalar yechilishiga manzilli yondashish natijasida yangi ish o'rinlari va byudjetga qo'shimcha tushum jalb etishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #mahallabay #sahovat_va_komak

🟢Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida soliq tizimi mas'ullari ham "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" dasturi doirasida Toshkent shahar Bektemir tumani Gulbog' mahallasida amalga oshirilayotgan qator islohotlarda faol ishtirok etib, mahalla obodligi yo'lida o'z hissalarini qo'shib kelishmoqda.

Xususan, mahallani obodonlashtirish maqsadida 50 dan ortiq texnika jalb etilib, 200 dan ortiq hasharchi suv quvurlari o'rnatish, asflat yotqizish, beton to'siq-ustunlari o'rnatish va boshqa ta'mirlash ishlarida mehnat qilmoqda.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiladigan aholi bandligini ta'minlash maqsadida oilaviy tadbirkorlikka qiziqadigan fuqarolarga ish boshlashlari uchun subsidya ajratilib, har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Аyollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi necha foiz miqdorda undiriladi?
Anonymous Quiz
41%
40 foiz
48%
50 foiz
7%
60 foiz
5%
70 foiz
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq.uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Kichik biznes uchun yengilliklar va soliq imtiyozlari

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlik – biznesning sodda va qulay shakli. Shu yilning oʻzida ular soni 58 mingga koʻpayib jami 246 mingga yaqinlashdi.

📊 Eng koʻp yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida – 33 mingga yaqin. Samarqand viloyatida 28,5 mingta. Undan keyingi oʻrinlardan Fargʻona, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari joy olgan.

👉 Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads