TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
"... deganda byudjet tizimiga Soliq kodeksi yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy toʻlov tushuniladi." Nuqtalar oʻrniga mos soʻzni tanlang.
Anonymous Quiz
62%
Soliq
29%
Yigʻim
6%
Jarima
3%
Tovon
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Joriy yil boshidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari

2023-yil yanvar-iyul oylari davomida 33,9 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (574,6 ming) 5,9 foizini tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 6,5 trln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblangan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha qo‘shimcha soliq hisoblangan:
◽️ QQS – 2,4 trln soʻm;
◽️ foyda soligʻi – 1,9 trln soʻm;
◽️ JShODS – 934,3 mlrd soʻm;
◽️ aksiz soligʻi – 436 mlrd soʻm;
◽️ yer soligʻi – 123,4 mlrd soʻm;
◽️ AOS – 114,5 mlrd soʻm;
◽️
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 42,4 mlrd soʻm;
◽️
mol-mulk solig'i - 9,1 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹ishlab chiqarish - 1,8 trln soʻm;
🔹qurilish - 1,3 trln soʻm;
🔹umumiy ovqatlanish va savdo - 748,7 mrld soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi - 706,5 mlrd so‘m;
🔹transport - 593,4 mlrd soʻm.
__________
#цифровизация #налоговая_проверка

Камеральные налоговые проверки, проведенные с начала текущего года

В январе-июле 2023 года камеральные налоговые проверки проведены в отношении 33,9 тысяч налогоплательщиков, что составляет 5,9% от общего их числа (574,6 тыс.).

По результатам этих проверок доначислено 6,5 трлн сумов налогов.

В основном доначисления были по следующим видам налогов:
▫️НДС – 2,4 трлн сумов;
▫️налог на прибыль – 1,9 трлн сумов;
▫️НДФЛ – 934,3 млрд сумов;
▫️акцизный налог – 436 млрд сумов;
▫️земельный налог – 123,4 млрд сумов;
▫️налог с оборота – 114,5 млрд сумов;
▫️
налог за пользование недрами - 42,4 млрд сумов;
▫️
налог на имущество - 9,1 млрд сумов.

Отрасли, в которых выявлены наибольшие расхождения
:
🔹производство - 1,8 трлн сумов;
🔹строительство - 1,3 трлн сумов;
🔹общественное питание и торговля - 748,7 млрд сумов;
🔹сельское хозяйство - 706,5 млрд сумов;
🔹транспорт - 593,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn-NKT va marketplyes cheklaridagi xatolarni tuzatish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, joriy yil 17-avgustdan 31-avgustgacha (31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketplyes cheklarini tahrirlash imkoniyati beriladi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID) sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
▫️chek summasi;
▫️ mahsulot miqdori;
▫️ QQS;
▫️ MXIK;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️ komitent STIR;
▫️ to‘lov turi
(naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy soliq boshqarmalarida tashkil etilgan ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Chek tahrirlash rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib (31-avgustgacha) qayta yuborilishi lozim.

📌Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % (keshbek) qaytarilgan cheklar tahrirlanmaydi.

👉Xato chop etilgan cheklarni tahrirlash bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan burchdan zavqlanishdir.

U. Gezlitt

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

48-modda. Maqsadli mablag‘lar

Soliq solish maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan maqsadli mablag‘larning manbai bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi.
Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi:
1) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va budjet subsidiyalari;
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
3) maqsadli tushumlar.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

SAVOL:
Korxona yengil avtomobil sotib olganda QQS hisobga olinadimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 267-moddasiga muvofiq, agar korxona tomonidan sotib olinayotgan yengil avtomobil korxonaning amalga oshirayotgan faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lmasa, sotib olishda to'langan QQS hisobga olinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#JShODS

Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar va yer maydoni haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) ham avtomatik shakllanadi. “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan fermerlar uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan JShODSni qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"... deganda Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi." Nuqtalar oʻrniga mos soʻzni tanlang.
Anonymous Quiz
5%
Jarima
5%
Tovon
65%
Soliq
25%
Yigʻim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

👉 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
👉 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
👉 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin
?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Nima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.

A. Platen

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#JShShODS

Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Paxta va yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi. “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan fermerlar uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads