TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yunusobod_tumani
#Uchrashuv
#Sayyor_qabul
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimdjanov Yunusobod tumanida joylashgan 4-sektorga qarashli 16 ta mahalla mutasaddilari va fuqarolari bilan uchrashdi.

Mahallalarda olib borilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan jami 78 ta aholini kayfiyatiga bevosita taʼsir qiluvchi muammolarni bartaraf etish uchun 2022-2023-yillarda dastur bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilib, belgilangan miqdorda mablagʻ ajratilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolarning muammolari tinglanib, yordam ko`rsatildi.Ayrim murojaatlar yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar va takliflar berildi.

Mazkur uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad aholini yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yashash sharoitini yanada yaxshilashdan iboratdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shaharDSB
#Seminar

Joriy yilning 29-sentabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida Davlat soliq qo`mitasining topshirig`iga asosan O‘RQ-767, O‘RQ-785, O`RQ-787-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga asosan Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalarning mazmun-mohiyatini o`rganish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar o`tkazildi.

Bu kabi o'quv-seminarlarini tashkil qilishdan asosiy maqsad, o`zgartish va yangiliklar, farmon va qarorlarning soliq tizimi xodimlari hamda fuqarolar orasida targ`ibotini ta'minlashdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#infografika

2022-yil 15-oktabrga qadar Jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari bo'yicha ish beruvchi vazirlik, idora va tarmoq tashkilotlari kesimida 1,3 trln so'm to'lanishi hisoblangan

📌Shundan,
1 737 ming nafar rasmiy band bo‘lgan xodimlar mulkidagi obyektlarga
1 328,2 mlrd so'm soliqlar hisoblangan.

🗓15-oktabrga qadar bir nafar xodim tomonidan to'lanishi zarur bo'lgan o'rtacha soliq summasi - 627,8 ming so'mni tashkil etadi.

Bir nafar xodimga to'g'ri keladigan soliq majburiyatiga ega yuqori tashkilotlar TOP-10taligidagi dastlabki 3 o'rin

1️⃣ Qishloq xo'jaligi vazirligi;
2️⃣ Yog'-moy sanoati korxonalari uyushmasi;
3️⃣ Suv xo'jaligi vazirligi xodimlariga to'g'ri kelmoqda.

📊Vazirlik, idora va tarmoq tashkilotlari kesimida rasmiy band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan, to‘lanishi kerak bo‘lgan mol-mulk va yer soliqlari infografikada.👆

Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” ilovasi orqali toʻlashlari mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olamzor_tumani
#Uchrashuv

Joriy yilning 30-sentabr kuni Olmazor tumanida Toshkent shahar prokurori, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, hamda tuman xokimi ishtirokida muxokamaviy ushrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda komunal va soliq to'lovlaridagi mavjud kamchiliklar muxokama qilindi hamda tumandagi bo'sh turgan binolarni faoliyatini tiklab talab darajasida ishlashini nazorat qilish kichik sanoat zonalarini yong'in xavfsizligini, tozaligini ko'zdan kechirish va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tashkilotlarga topshiriqlar belgilandi.

Shuningdek sektor rahbarlari tumandagi Chig'atoy bozori xududiga tashrif buyurib belgilangan reja asosida mas`ullarga ko`rsatmalar berdilar.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB