TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Soliq to'lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida necha yil saqlashi shart?
Anonymous Quiz
19%
3 yil
76%
5 yil
2%
6 yil
4%
10 yil
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

Soliq huquqbuzarliklari haqida 75 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil yanvar-iyul oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 75 225 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹70 215 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹2 984 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹141 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹1 885 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 41 663 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 30 423 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,5 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 31 015 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 25,9 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
__________
#цифровизация
#налоговая_проверка

Направлено более 75 тысяч обращений о налоговых правонарушениях

В январе-июле 2023 года через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq поступило 75 225 обращений о налоговых правонарушениях.
Из них:
🔹70 215 обращений о невыдаче чека;
🔹2 984 обращений об отказе принять к оплате пластиковую карту;
🔹141 обращений о завышении цены товара при оплате пластиковой картой;
🔹1 885 обращений о других видах правонарушений.

Отклонено 41 663 обращений, которые либо являются повторными, либо в отношении субъекта предпринимательства, на которого поступила жалоба, уже проводится проверка.

🔍На основании обращений проведены 30 423 выездных налоговых проверок, в 99,5 % случаев правонарушения подтвердились.

В результате в 2023 году гражданам, сообщившим о налоговых правонарушениях, в 31 015 случаях выплачены вознаграждения (20% от суммы взысканного штрафа) в размере 25,9 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #mahallabay #sahovat_va_komak

❇️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahar Bektemir tumani Gulbog‘ mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi dirasida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, tuman hokimi, korxona va tashkilot mas'ullari tomonidan ham xonadonbay o'rganishlar o'tkazilib, og‘ir turmush sharoitida yashovchi fuqarolarning yashash manzillarida ta’mirlash, aholiga toza ichimlik suvini uzluksiz yetkazish maqsadida ichimlik suvi quvurlarini qayta ta'mirlash, shuningdek, mahalladagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda elektr energiyasi bilan bog'liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruhi rahbarlari tomonidan belgilangan hududlar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishi tekshirilib, mas'ul xodimlarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlarni berib bormoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #mahallabay #sahovat_va_komak

🟢Toshkent shahar Bektemir tumani Gulbog' mahallasi "Obod
xonadon - obod ko'cha - obod mahalla"
dasturi doirasida
Respublika ishchi guruhi, Xalq qabulxonalari, sohaviy tashkilotlar
vakillari, shahar va tuman sektor rahbarlari tomonidan olib
borilayotgan islohatlar natijasida namunali mahallaga
aylanmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi.

Abu Ali ibn Sino

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

47-modda. Hisobvaraq-faktura

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta yetishtiruvchilar uchun QQSni hisobga olishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:
Soliq davri yakunlari bo'yicha aylanmadan olinadigan soliq hisobotini topshirish muddati qachon?

JAVOB:
Soliq davri yakunlari bo'yicha aylanmadan olinadigan soliq hisobotini soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay topshirish kerak.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#imtiyoz #issiqxona

Issiqxonalar uchun mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz berilgan

Aholi tomorqalari va xonadonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan
🔹issiqxonalar va uy issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari,
🔹uy issiqxona majmualari* tarkibidagi turar joylar uchun mol mulk soligʻi stavkalari
ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50 % miqdorda qoʻllaniladi.
Bunda:
🔸aholi tomorqalari va xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar maydoni kamida 10 sotix, uy issiqxona majmualarining maydoni kamida 20 sotix boʻlishi lozim;
🔸issiqxona va uy issiqxona egasi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi va ushbu faoliyat boʻyicha olingan daromadi soliqqa tortilmaydi;
🔸uy issiqxona tashkil etish uchun yer maydonlari investorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov yakunlari boʻyicha ijara huquqi asosida ajratadi. Ijara muddati yakunlangandan soʻng uy issiqxona majmuasi mulk huquqi asosida, joylashgan yeri ijara huquqi asosida (ijara shartnomasi amal qilish muddatiga) beriladi;
🔸issiqxonalar va uy issiqxona majmualari investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda tashkil etilishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan xonadonlarda tashkil etilgan issiqxona va yangi qurilgan uy issiqxona majmualari egalari imtiyozdan foydalanish uchun issiqxona joylashgan hududdagi soliq inspeksiyasi yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishi lozim.

* Uy issiqxona majmualari qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan boʻsh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix boʻlgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar.

👉PQ 5138 son 07.06.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM