TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL:
Yuridik shaxsning soliq majburiyati qachon tugatiladi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 87-moddasiga asosan, yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Soliq kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
Soliq kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#litsenziya #savol_javob

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?

Litsenziya
— jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun 👉 litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

🔹Maʼmuriy javobgarlik:
▫️fuqarolarga – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
▫️mansabdor shaxslarga – 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima.
MJtK 165-modda 4-qism

🔹Jinoiy javobgarlik:
▫️Jismoniy shaxslarga –
- BHMning 55 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Jinoyat kodeksi 190-modda 5-6 qismlar

🔹Moliyaviy jarima:
▫️Yuridik shaxslarga – BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima.
O‘RQ-701-son 4-ilova 14.07.2021

Ma'lumot uchun❗️Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimani qo'llanishi ushbu huquqbuzarlik fakti bo'yicha uning mansabdor shaxslarini ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq kodeksi 212-modda 4-band

📌 BHM 1 baravari - 330 000 so‘m

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Shayxontohur #ochiq_muloqot #obodonlashtirish #obod_mahalla #soliqchi_koʻmakchi #4_sektor

Toshkent shahar hokimligi hamkorligida Shayxontohur tuman aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar bo'yicha sektor rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda kuz-qish mavzumiga tayyorgarlik jarayonlari, "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlari yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.

👉Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod #uchrashuv #soliqchi_koʻmakchi

🟢Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash yuzasidan ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yunusobod tumani tadbirkorlari bilan tashkillashtirilgan navbatdagi ochiq muloqot ham ana shunday amaliy ishlardan biri hisoblanadi.

👉
Maxsus reportajni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir #mahallabay #xonadonbay #sahovat_va_komak #yarmarka

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla”

🟢Prezidentimiz tashabbusiga asosan, mamlakatimizning 14 ta hududida tanlab olingan mahallalar qatorida Toshkent shahri Bektemir tumani “Gulbog‘” mahallasida shahar va tuman sektor rahbarlari, a’zolari va sohaviy tashkilotlar vakillari tomonidan xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlari amalga oshirilmoqda.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB