TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.18K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #mahallabay #4_sektor

Toshkent shahar 4-sektor rahbariga Yashnobod hamda Bektemir tumanidagi 48 nafar uyushmagan yoshlar biriktirilgan bo'lib, ularning hayotda o'z o'rnini topishi uchun amaliy yordamlar berib kelinmoqda.

Xususan, Yashnobod tumani Jo'rabek mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlardan biri Z. Usmonov yashash uyining tom qismi ta'mirtalab bo'lib qolganligi tufayli amaliy yordam so'rab murojaat qilgan edi. Mazkur holat o'rganib chiqildi va 4-sektor rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 3-avgust kuni ushbu fuqaro uyining tom qismiga yetarli bo'lgan 140 m. kvadrat qurilish mollari yetkazildi va ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Holat yakuniga yetgunga qadar davom etadigan jarayonlarni soliq tizimi xodimlari o'z zimmasiga oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Seni hurmat qilishlarini istasang, o'zingni hurmat qil.

B. Grasian

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari

Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:
1) chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

SAVOL:
To'liq amortizatsiya qilingan binolar bo'yicha mol-mulk solig'ini qo'llash qanday amalga oshiriladi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 412-moddasiga asosan, amortizatsiya qilingan bino bo'yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan bozor qiymati mol-mulk solig'i bazasi hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#obodonlashtirish #mahallabay #obod_mahalla

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar yangicha ko'rinish kasb etmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov ko'rsatmasiga binoan 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha yangi tizimda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan eralabki yo'riqnoma o'tkazildi.

Unda mas'ul xodimlarga aholi bilan xonadonbay tarzda suhbatlashish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ko'p qavatli uylarning ta'mirtalab bo'lib qolgan tom qismini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, joylarga maxsus texnika vositalarini jalb etish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish borasida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatini mahalla darajasigacha tushirish, hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma’murchiligi bilan bog’liq muammolarini o‘rganish va joyida bartaraf etish maqsadida yangi tizim joriy qilinmoqda.

📊Ishchi guruh Termiz shahridagi mahallalarda tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganmoqda, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarni faoliyatini tiklash, bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#sayyor_qabul #fiskal_tahlillar

Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar–iyul oylari davomida 4-sektor rahbarlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullardagi murojaatlar soni 5436 tani tashkil etadi.

Shundan eng ko'p uchragan muammoli masalalar 3 taligi:
🔹Moddiy yordam masalalari bo'yicha – 1252 ta;
🔹Sog'liqni tiklash (tibbiy ko'rik, davolanish, jarrohlik amaliyoti, dori-darmon) masalalari bo'yicha – 1111 ta;
🔹"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritish (qayta kiritish) masalalari bo'yicha – 659 ta.

🔸Boshqa masalalar bo'yicha murojaatlar 2414 tadan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#mahallabay #obod_mahalla #obodonlashtirish

"Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla" mezonlari boʼyicha oʼrganishlar davom etmoqda

🟢Bektemir tumanidagi Gulbog' mahallasida Toshkent shahar sektor boshliqlari, kommunal xizmat rahbarlari hamda ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulayliklar yaratish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, bartaraf etish va xonadonlarni obod qilish bo'yicha yo'riqnoma o'tkazildi. Unda amalga oshirilishi lozim bo'lgan barcha vazifalar taqsimlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB