TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#QQS

60 mingdan ortiq korxonada soliq uzilishi koeffitsiyenti yaxshilangan

Soliq to‘lovchilar kontragentlarini tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun QQS uzilishi (Tax Gap) koeffitsiyenti joriy qilingan.

Korxonalarning shaxsiy kabineti “QQS to‘lovchilarni aniqlash” bo‘limida soliq uzilishi koeffitsiyentini tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Joriy yilning 1-avgust holatiga 60 374 ta korxonadagi mavjud soliq uzilishlari yaxshilangan. Bu soliq uzilishi mavjud korxonalarning 36,5 %ini tashkil etadi.

Bugungi kunda soliq uzilishi koeffitsiyenti:
▫️0,20 gacha bo‘lgan korxonalar 66 722 tani (38,4 %),
▫️0,21 dan 0,40 gacha - 15 562 tani (9 %),
▫️0,41 dan 0,60 gacha bo‘lgan korxonalar esa 15 756 tani (9,1%),
▫️0,61-1,00 gacha bo‘lgan korxonalar 75 522 tani (43,5 %) tashkil qiladi.

Muhim ‼️Soliq uzilishi koeffitsiyenti soliq toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida maʼlumot tariqasida aks etadi va QQS guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilishiga va hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilishiga olib kelmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod #sport

Sport – sog'lik garovi

Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🏓O'zbekiston stol tennisi federatsiyasining Toshkent shahar bo'limi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida faxriylar o'rtasida stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi va g'oliblar munosib taqdirlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yashnobod #mahallabay #4_sektor

Toshkent shahar 4-sektor rahbariga Yashnobod hamda Bektemir tumanidagi 48 nafar uyushmagan yoshlar biriktirilgan bo'lib, ularning hayotda o'z o'rnini topishi uchun amaliy yordamlar berib kelinmoqda.

Xususan, Yashnobod tumani Jo'rabek mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlardan biri Z. Usmonov yashash uyining tom qismi ta'mirtalab bo'lib qolganligi tufayli amaliy yordam so'rab murojaat qilgan edi. Mazkur holat o'rganib chiqildi va 4-sektor rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 3-avgust kuni ushbu fuqaro uyining tom qismiga yetarli bo'lgan 140 m. kvadrat qurilish mollari yetkazildi va ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Holat yakuniga yetgunga qadar davom etadigan jarayonlarni soliq tizimi xodimlari o'z zimmasiga oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Seni hurmat qilishlarini istasang, o'zingni hurmat qil.

B. Grasian

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari

Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:
1) chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

SAVOL:
To'liq amortizatsiya qilingan binolar bo'yicha mol-mulk solig'ini qo'llash qanday amalga oshiriladi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 412-moddasiga asosan, amortizatsiya qilingan bino bo'yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan bozor qiymati mol-mulk solig'i bazasi hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#obodonlashtirish #mahallabay #obod_mahalla

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar yangicha ko'rinish kasb etmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov ko'rsatmasiga binoan 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha yangi tizimda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan eralabki yo'riqnoma o'tkazildi.

Unda mas'ul xodimlarga aholi bilan xonadonbay tarzda suhbatlashish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ko'p qavatli uylarning ta'mirtalab bo'lib qolgan tom qismini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, joylarga maxsus texnika vositalarini jalb etish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish borasida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB