TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.71K subscribers
13.6K photos
1.46K videos
80 files
5.69K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

30-modda. Jismoniy shaxslar

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.
Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Kameral soliq tekshiruvlari bo'yicha qarorlar ustidan kelib tushgan jami summasi 1,5 trln so‘m bo‘lgan 693 ta shikoyat koʻrib chiqildi

Shundan:
🔹215 tasi (190,2 mlrd soʻm) toʻliq qanoatlantirilgan;
🔹109 tasi (64,5 mlrd soʻm) qisman qanoatlantirilgan;
🔹369 tasi (1,3 trln soʻm) qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

👉Batafsil
____________
#цифровизация #обжалование

Рассмотрено 693 жалобы на решения по результатам камеральных налоговых проверок на общую сумму 1,5 трлн сумов

Из них:
🔹215 жалоб (190,2 млрд сумов) полностью удовлетворены;
🔹109 жалоб (64,5 млрд сумов) удовлетворены частично;
🔹369 жалоб (1,3 трлн сумов) оставлены без удовлетворения.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:
Men oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtib faoliyat yuritaman. Menga ish staji kerak boʼlmoqda, nima qilsam boʼladi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga muvofiq, mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashi belgilab berilgan.
Shunga asosan, Siz oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida yilga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida (330 000 soʼm) ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʼlovini amalga oshirgan taqdiringizda ish staji hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#4_sektor
#obodonlashtirish
#mahallabay

🟢Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov ko'rsatmasiga binoan fuqarolarning mushkulini oson qilib, ularning roziligini olishga bo'lgan harakatlar jadal ravishda davom etmoqda. Olmazor tumani 4-sektor rahbari tashabbusi bilan kuni kecha sektor xodimlari tomonidan Olmazor tumanidagi "Аchaobod"  mahallasida yashovchi  "Аyollar daftari"ga kiritilgan  xotin-qizlar muammolarini xonadonbay oʼrganish ishlari oʼtkazilgani ham shular jumlasidandir. Oʼrganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va masʼul xodimlarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

🟢Shu yilning 21-iyul kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani xalq qabulxonasi mudiri hamda 4-sektor rahbari tomonidan "Zarqoʼrgʼon" mahalla idorasi oldida ishchi guruh ishtirokida obodonlashtirish va aholini rozi qilish boʼyicha yangi tizimda amalga oshiraladigan ishlar yuzasidan ertalabki yo'riqnoma oʼtkazildi. Unda har bir boshqaruv-servis kompaniyalarga biriktirilgan hududini tozalash-obodonlashtirish ishlarini oʼtkazish toʼgʼrisida qoʼshimcha koʼrsatmalar berildi.

Zero, amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar inson qadri va manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

EHF orqali tovar aylanmasi 721 trln so‘mdan oshdi

2023-yil 1-iyul holatida elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 19,4 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan. Ular bo‘yicha jami tovar aylanmasi 721,2 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchilar:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI - 355,9 trln so‘m 6,1 mlnta EHF;
📍Toshkent sh. - 167 trln so‘m 7,7 mlnta EHF;
📍Toshkent viloyati - 38,6 trln so‘m 1,1 mlnta EHF.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

Tоварооборот по ЭСФ превысил 721 трлн сумов

По состоянию на 1 июля 2023 года с помощью операторов системы электронного документооборота оформлено более 19,4 млн ЭСФ. Товарооборот по ним составил 721,2 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 6,1 млн ЭСФ на сумму 355,9 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 7,7 млн ЭСФ на сумму 167 трлн сумов;
📍Ташкентская область - 1,1 млн ЭСФ на сумму 38,6 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali Yashnabod tumani Ohangrabo ko’chasida joylashgan spirtli ichimliklar do’konining faoliyatidan norozilik bildirilgan xabar tarqalgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Holatga aniqlik kiritish maqsadida yuqorida keltirilgan manzilda Yashnabod tumani soliq inspeksiyasi xodimi o’rganish ishlarini o’tkazdi. E’tiroz soliq xizmati organlari vakolati doirasida o’rganib chiqilganida umumiy ovqatlanish joyi Alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli farmonining 3-ilovasiga binoan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyati haqida IMV huzuridagi Soliq qo’mitasini xabardor qilgan holda faoliyat ko’rsatayotganligi hamda ONKM va to’lov terminallari bilan jihozlanganligi, ya’ni qonun doirasida faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo’ldi.

📌Hurmatli soliq to'lovchilar, agarda soliqqa oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining Soliq hamkor tizimi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB