TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
83 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir
#savdo_yarmarkasi

🔷Yurtimiz aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish, ularning dasturxoniga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda ko'maklashish mas'ullarning e'tiboridan chetda qolgani yo'q.

Fuqarolarning uzog'ini yaqin qilish va hamyonbop narxda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishlari uchun Bektemir tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i tashabbusi bilan mazkur hududda joylashgan "Oltintopgan" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

❇️Kundalik iste'mol qilish uchun zarur bo'lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va sifatidan xaridorlar mamnun, xalqimiz roziligini olayotgan sotuvchilarning ham barakali savdodan xursandchiligi cheksiz.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Olmazor
#saxovat_va_komak

Mehr-saxovat insonni ulug'laydi

❇️Biz bugun ertangi kuni uchun olg'a qadam tashlayotgan, yurt taraqqiyoti yo'lida barcha imkoniyatlardan foydalanib, xalqimizning farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan mamlakatda yashamoqdamiz. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar, band bo'lmagan, o'z yo'lini topishda qiynalayotgan yoshlar mutasaddilar tomonidan qo'llab-quvvatlanib, kerakli yordamlar ko'rsatilmoqda.

🟢BATAFSIL🟢

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
2🔥2👍1🥰1
#Olmazor
#gazeta #saxovat_va_komak

Poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli manzillarda saxovat va ko‘makka muhtoj hamyurtlarimiz ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Boshqarma boshlig‘i hamda ishchi guruh vakillari tomonidan xonadonbay joyiga chiqqan holda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga ijobiy yechim topish choralari ko‘rilmoqda

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍4🔥2🥰1
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️O‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l.

L. M. Leonov

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍1🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
👍1🔥1