TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from DSQ_Pressa
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2023.pdf
179.3 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#davlat_ramzlari

2 iyul — O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Davlatimiz gerbi — faxrimiz, g‘ururimiz ramzi!

Toshkent shahar  soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas.

Mahmud az-Zamaxshariy

Toshkent shahar  soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharD
#soliq_kodeksi

2-bob. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi

16-modda. Soliqlar va yig‘imlar

Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-iyuldan...

🔸2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JShODS qaytarib beriladi;

🔸O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilindi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2023 года...

🔸до 1 июля 2024 года
из республиканского бюджета возвращается НДФЛ по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток;

🔸отменены льготы по НДС, предоставленные по услугам подразделений охраны Национальной гвардии РУз.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#intervyu

Soliq imtiyozlari tadbirkorlikning rivojlanishiga xizmat qiladi

Soliq qo‘mitasi Soliq imtiyozlari hisobini yuritish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i N.Sharifova "O‘zbekiston 24" telekanali muxbiri bilan suhbatda soliq to‘lovchilarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va ularning tadbirkorlik subyektlari rivojidagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

📹 YouTubeda tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

🟢Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʼziga xos xususiyatlari

Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʼlaydi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#korrupsiya

Korrupsiya - jamiyat taraqqiyoti kushandasi

Erkin, huquqiy va demokratik jamiyatning shakillanishida korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu illatga barham berish eng ustuvor masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimizning barcha davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ko'plab tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent shahar prokuraturasi mas'ul xodimlari hamda boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari ishtirokida jamoaviy seminar o'tkazildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Toshkent shahar soliq boshqarmasida davlatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazuvchi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keluvchi korrupsiya va unga qarshi kurashish masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod
#uchrashuv

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasining mas'ul xodimlari, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, tuman hokimining birinchi o'rinbosari hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i ishtirokida poytaxtimizning Yunusobod tumanida "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutxassis" dasturining mazmun- mohiyatiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Seminarda ishtirok etgan 50 dan ortiq tadbirkorlarga tashkilotchilar tomonidan  kambag'allikni qisqartirish va ushbu dastur doirasida yangi ish o'rinlari yaratish orqali bir qator soliq imtiyozlariga ega bo'lish mumkinligi to'g'risida tushunchalar berildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarning qo'llab-quvvatlanishi va ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va aholi turmush sharoitining barqarorligini ta'minlash  uchun xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB